UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / "Yaxshi natija uchun birinchi qadam" shiori ostida biznes marofon


Ma'lumki mamlakatimizda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili" sifatida belgilandi. Ushbu yil nomlanishi nafaqat aholi o'rtasida balki talabalarimiz uchun ham yuqori kayfiyatda kutib olindi. Shu munosabat bilan TATU Urganch filiali Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot tomonidan "Yaxshi natija uchun birinchi qadam" shiori ostida o'tkazilayotgan biznes marofoni bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Savdo Sanoat palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi "Biznesga o'qitish maktabi" sektor mudiri D.Eshchonova, "Yoshlar kelajagimiz jamg'armasi" Xorazm viloyat filiali bosh mutaxasisi S.Qadirberganov, filial Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi rahbari H.Saidov, filial Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti rahbari X.Davletov, yosh tadbirkorlar va talaba-yoshlar ishtirok qildilar. 

Uchrashuvda biznes sohasiga yangi qadam qo'yayotgan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tildi.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz