
Ilmiy tadqiqot ishlari 1-toifali muhandisi:
Atajonov Botirbek Bahodirovich
Qabul vaqti: Seshanba – Juma (15:00-17:00 gacha)
Telefon: (+998 91) 433-34-44
E-mail: botirbekbahodirovich@ubtuit.uz
Ilmiy tadqiqot ishlari 1-toifali muhandisi:
Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi
Qabul vaqti: Dushanba – Chorshanba(9:00-16:30 gacha)
Telefon: (+998 91) 425-37-47
E-mail: ollaberganova.muyassarxon@ubtuit.uz
Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi haqida
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bu oliy ta'limning keyingi ta'lim bosqichi hisoblanib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining eng muhim vazifasi tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun doktorantlarga kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash va doktorantlarning shaxsiy ishlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishdir.
Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan:
- Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni ro`yxatga olib borish.
- Filialda ilmiy ishlarning xolati va salohiyati, uning rivojlanishi yo`nalishlarini tavsiflovchi ma`lumotlar monitoringini tashkil
- Xar bir kafedra va xar bir ilmiy-tadqiqot bo`yicha ilmiy tadqiqotlar samarasini reyting usulida aniqlab borish.
- Institut, kafedra va dekanatlarning ilmiy texnik ishlanmalari ko`rgazmasini, ekspozitsiyalarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish.
- Ilmiy seminarlar, konferentsiya va simpoziumlar o`tkazish rejalarini tгzish va ularning bajarilishini ta`minlash.
- Ilmiy xodimlarning ilmiy-texnik hamda o`quv-uslubiy imkoniyatlardan to`la va samarali foydalanish maqsadida ularga zarur bo`lgan iqtisodiy, ijtimoiy va texnik sharoitlarni yaratish.
- Ilmiy nashr bazasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni adabiyotlar, statistik ma`lumotlar bilan ta`minlashning barqaror tizimini shakllantirib borish.
- Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishlar uchun moddiy va ma`naviy rag`batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
- Kelishilgan erkin narxlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va xizmatlarning sotilishini tashkillashtirish.
Ushbu bo‘limni ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i boshqaradi.
Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i TATU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha director o’rinbosariga bo‘ysinadi va TATUUF direktori buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod etiladi.
Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i va xodimlari o‘z ishlarida quyidagi xujjatlarga amal qiladilar:
- Amaldagi qonunchilikka (shaxsiy ishlarini qabul qilishda va rasmiylashtirishda);
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qaror va farmoyishlariga;
- Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha asosiy qoidalariga;
- TATUUF nizomiga.
Filialda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar kataloglari:
1. Fermer xo‘jaligini innovasion faoliyatini qo‘llab quvvatlovchi axborot tizimini yaratish
2. Modeli i algoritmi integrirovannogo upravleniya proizvodstvennogo uchastka razmola zerna mukomol'nogo predpriyatiya
3. Proektirovanie avtomatizirovannix sistem upravleniya proizvodstvennogo prosessa pervichnoy pererabotki xlopka-sirsa
4. Ta'lim muassasalari uchun virtual ta'lim tizimi
5. Dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi video darslik
6. Razmeshenie rezyume i vakansiy na veb-resursax UZ-VACANCY-HUNTER
7. Mahalla fuqarolar yig‘ini avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish
8. Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun «Onlayn hakam» testlash tizimi
9. Sistema yedinogo avtomotizirovannogo ucheta vaksinasii naseleniya «UZ-VACCINATION»
10. Ustanovka dlya proizvodstva biogazovix produktov iz rasteniy i agropromishlennix otxodov
11. Xorazm axborot-ta'lim portalini yaratish
12. Hospital management system
13. "A1rieltor" Rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar uchun dastur
14. "A1taxi" Taksi komponiyalari va haydovchilar uchun dastur
15. "A1magazin" savdo shahobchalari uchun dastur
16. Proekt sozdaniya nauchnogo parka v Xorezmskoy oblasti
17. Primenenie mobil'nix prilojeniy na sisteme Android v obuchenii
Oliy ta'lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati
Filialda ilmiy salohiyatli yosh professor-o‘qituvchilarni jalb qilish va ilmiy izlanish olib borayotgan xodimlarning ilmiy izlanishlarini yakunlab doktorlik ishlarni himoya qilishiga sharoit yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Belgilangan muddatlarda doktorlik ishlarini himoya qilishga erishish uchun ilmiy izlanuvchilarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borildi. Filialda izlanuvchilarga tajribali professor-o‘qituvchilar berkitilishi ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda filialda jami 81 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan asosiy shtatda 75 professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 21 nafari ilmiy darajali professor-o‘kituvchilar bo‘lib, jumladan 1 nafar fan doktori va 20 nafari fan nomzodlaridir. Bugungi kunda umumiy ilmiy salohiyat darajasi 28,4 % ni asosiy shtatlar bo‘yicha esa 28 % ni tashkil qiladi.
Xalqaro hamkorlik aloqalari
Germaniyaning Oldenburg universiteti, Litvaning Vil'nyus universiteti, Rossiya fanlar akademiyasining umumiy fizika instituti, Tom'sk boshqaruv va radioelektronika universiteti, AQShning IOWA universiteti, Janubiy Koreyaning INXA, KAIST universitetlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda filialimizda 13 nafar xorijlik talabalar ta'lim olishyapti.
Hozirgi kunda filial 2 ta xalqaro loyihalarda ishtirok qilmoqda. Xususan, Germaniyaning Oldenburg universiteti bilan hamkorlikda Smart Modeling (2018-2021, 33000 €), Erasmus+ Credit Mobility between Partners (2019-2022, 50000 €) loyihalari amalga oshirilmoqda.
Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2020 yilda TATU bilan hamkorlikda Yaponiyaning “Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiya sohasida ilmiy hamkorlik” dasturi doirasida beg‘araz texnik ko‘mak ko‘rsatish, seminar va treninglarni birgalikda tashkillashtirish, yapon ekspertlarini jalb qilish bo‘yicha grantlar tanloviga bitta va Dasturiy injiniring kafedrasi tomonidan bitta loyiha topshirilgan.
2020 yil yanvar-may oylarida AQShning Fellow enrichment program dasturi asosida Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi dosenti Jumaniyazov Nizomjon AQShning Vashington shtatidagi Gonzaga universitetida 4 oylik malaka oshirishib qaytdi.
2020 yil fevralidan Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Djumanazarov Odamboy “El-yurt umidi” jamg‘armasi granti asosida Finlandiyaning Sharqiy Finlandiya universitetida doktoranturada tahsil olishni boshladi.
Shuningdek, 2020 yil fevral-mart oylarida Germaniyaning Oldenburg universiteti bilan imzolangan memorandumga asosan dasturiy injiniring kafedrasi assistenti Artikov Muzaffar Germaniyaning Oldenburg universitetiga malaka oshirishib qaytdi va ushbu universitetiga doktaranturaga qabul qilindi.
Xudayberganov Temur Arturovich Janubiy Koreyaning Seul texnologiyalar universiteti (Seoul Tech) da o‘z ilmiy ishini yakunladi va himoya qildi.
Shuningdek, hozirda assistent o‘qituvchi Bobojonov Suxrob Janubiy Koreyaning Kumoh National Institute of Technology ga doktaranturaga qabul qilindi.
Filial assistent o‘qituvchisi Abrorov Rinat xamda assistent o‘qituvchi Kim Tat'yanalar Belorusiya Fanlar akademiyasida aspiranturada taxsil olmoqdalar. Bundan tashqari, 10 nafar talabamiz Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti, Sankt-Piterburg davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Ulsan universitetida magistratura bosqichida tahsil olmoqda.