O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
Asosiy / O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
  • "O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonun
    1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
    o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan

    Mutal Burhonov musiqasi
    Abdulla Oripov 
    so'zi

    Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
    Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
    Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
    Shuhrating porlasin toki bor jahon!

     

    Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
    Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
    Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
    Olamni mahliyo aylagan diyor!

     

    Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
    Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
    Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
    Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

     

    Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
    Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
    Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
    Olamni mahliyo aylagan diyor!

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz