Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi:
Sultanova Shahlo Yusufbayevna
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: +998 91 428 13 77


Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi faoliyati haqida

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son qarori bilan tasdiqlangan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tuzilmasiga kiritilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo‘lib- universitetning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish borasida iqtidorli talabalarni universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan to‘garakalar faoliyatini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bo‘lim tomonidan iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Eng yaxshi mustaqil ish» tanlovlari Nizomlari ishlab chiqildi, yangi goya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida filialda “Startaplar” tashkil etiladi, mustaqil talim olish darajasini oshirishga qaratilgan tanlovlar elon qilish, tanlov otkazish, goliblarni moddiy ragbatlantirish ham bolim tomonidan keng kolamda olib borilmoqda.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz