TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Asosiy / Fakultetlar / TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2018-yil 3 sentabrdagi 595-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilingan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2020-yil 2 sentabrdagi 78n-sonli buyrug‘i asosida Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti nomi Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti deb o'zgartirilgan.

2018-2019 yillarda Raximboyev Xikmat Jumanazarovich Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-2020 yillarda Avezov Nodirbek Egamberganovich fakultet dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2020 yildan buyon Avazov Erkinjon Sherimmatovich fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida 2018-2020 yillarda  Avazov Erkinjon Sherimmatovich faoliyat olib borgan, 2020 yildan hozirgi davrgacha Axmedov G'ulomjon Jumanazarovich faoliyat yuritmoqda. O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida 2018-2019 yillarda Matyokubov О‘tkir Karimovich faoliyat yuritgan va 2019 yildan hozirgi vaqtgacha o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida Xusinov Xamid Xudayberganovich faoliyat yuritmoqda.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari (O‘zbektelekom AK Xorazm filiali, Telekommunikatsiya transport tarmoqlari 9-son bog‘lamasi, O‘zbektelekom AK O‘zMobayl Xorazm filiali, UzNET) qoshida fakultet kafedralarining filiallari ochilgan.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Fakultet optik-tolali, sun'iy yo'ldoshli, radioreleli va kabelli aloqa tarmoqlar bo'yicha ishlovchi ma'lumotlar uzatish, raqamli va analog telekommunikatsiya tizimlarini loyihalashtirish, qurish hamda foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.

Fakultetda 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) va 5330600 – Dasturiy injiniring yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura hamda 5A335101 Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

Yo'nalishlar bo'yicha malaka talablari:

·         5330600 – Dasturiy injiniringi

            ·         5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

·         5A335101 - Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)

 

FAKULTET MA`MURIYATI
Avazov Erkinjon Sherimmatovich
Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti dekani
Qabul vaqti:
Har kuni 14:00-17:00
Telefon: +998 62 224-61-32
Sardorbek Davletboyev
O’quv ishlari bo’yicha dekan o'rinbosari:
Qabul vaqti:
Har kuni 14:00-17:00
Telefon: +998 62 224-61-32
Otamuratov Hurmatbek Qutlimuratovich
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosari:
Qabul vaqti:
Har kuni (14:00-17:00 gacha)
Telefon: +998 62 224-61-32
FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
70611001
150
Komputerlar soni
50
Noutbuklar soni
120
Serverlar soni
130
Elektron doska soni
© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz