Umumiy ma'lumot
Asosiy / Umumiy ma'lumot
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali haqida

    Urganch filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son "Oliy taʼlim muassasalari filiallari toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

    Filial tarkibida ikkita "Kompyuter injiniringi" vaTelekommunikatsiya texnologiyalarifakultetlari faoliyat yuritmoqda. Kompyuter injiniringi fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Axborot xavfsizligi va taʼlim texnologiyalari", "Tabiiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy fanlar" kafedralari, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringikafedralari mavjud boʼlib, ularda 84 nafar professor-oʼqituvchilar talabalarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.

    Filial qoshida bitta akademik litsey, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, til oʻrganish markazi, yosh dasturchilar markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

    Filiali quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlaydi:

    •          Kompyuter injiniring;
    •          Dasturiy injiniring;
    •          Axborot xavfsizligi;
    •          Telekommunikatsiya texnologiyalari;
    •          Axborot-kommunikatsiyalar sohasida kasb taʼlimi.

    Filiali quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistrantlar tayyorlaydi:

    •          Kompyuter injiniring;
    •          Axborot xavfsizligi;
    •          Telekommunikatsiya injiniringi.

     Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat

    Filialda magistrlar va katta ilmiy xodim izlanuvchilar tayyorlash maqsadida Sankt-Peterburg Davlat axborot texnologiyalari, mexanika va optika universiteti, Shvesiya qirollik texnologiya universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Ispaniyaning Kardoba universitet va Germaniya davlatining Oldenburg universitetlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatilgan.

    Hozirgacha filialni bitkazgan 50 nafardan ziyod magistr va 1000 nafardan ziyod bakalavrlar Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari, xalq taʼlimi, bank kabi sohalarda faoliyat koʻrsatmoqdalar.

     

     

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urgench filiali murojaat maʼlumotlari:

    Tel.: (8 362) 224-61-32

    Faks: (8 362) 224-61-32

    E-mail: info@ubtuit.uz