Direktor tabrigi
Asosiy / Direktor tabrigi
  • Hozirgi kunda hayotimizning har bir javhasiga yangi va ilg’or axborot  texnologiyalarining kirib kelishi, raqamlashtirish jarayonlarining jadallashishi, har bir soha uchun teran fikr va bilimli, zamonaviy va yangicha yondashuvga ega malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojni tobora oshirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Murojaatnoma” sida bu bo’yicha bir nechta vazifalar keltirib o’tilgan. Shular jumlasidan OTM larga davlat granti asosida qabulning ikki barobar oshirilishi, shuningdek qizlar uchun alohida davlat grantlarining joriy etilishi, o’qishga kirishning soddalashtirilishi, oliy ta’lim o’quv jarayonlarida kredit-modul tizimining joriy etilishi kiradi. Bularning barchasi ertamiz kelajagi bo’lgan yetuk va barkamol avlod uchun qilinayotgan safarbarlik harakatlari hisoblanadi.

    Darhaqiqat, har bir davlatning yuksalishi va uning kelajakda ravnaq topishida, rivojlangan davlatlar qatorida muhim o’rin topishida uning yetuk bilimli yoshlari muhim o’rin turadi. Bu jarayonda oliy ta’lim muassalarining vazifasi dars jarayonlarining yangicha zamonaviy metodikada tashkil qilinishi, talabalar uchun xorijiy standartlari asosida o’quv qo’llanmalarini shakllantirish va o’quv jarayonlarida talabalarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida zamon talabiga hamohang mutaxassis kadrlarni yetishtirib chiqarish uchun hozirgi kunda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda filialda masofaviy ta’limning online va offline rejimda uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini ta’minlanganligi talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlarda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Filialda talabalarga sifatli ta’lim berish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda talabalarni ilmiy soxaga yo’naltirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan filialda fan, sport, intellektual soxalarning turli yo’nalishlari bo’yicha 25 ta to’garak tashkil qilingan bo’lib, kundan kunga qamrov doirasi ham oshib bormoqda. Bunda iqtidorli talabalarning istak va talablaridan kelib chiqib o’zlari tengdoshlari bilimlarini almashish va kurslar tashkil qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 2022-yilda ilmiy saloyihiyat 32%, farq 2021 “-7,4%”; ni tashkil etdi. 

    Filialda 2022-yilda jami 1,8 mlrd.so‘m miqdorida 6 ta ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan. Shundan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 1,448 mlrd.so‘m miqdorida 3 ta loyiha, xo‘jalik shartnoma asosida 300 mln.so‘m miqdorida 2 ta loyiha, startap loyiha 100 mln. so’m miqdorida 1ta loyiha amalga oshirilgan Filialining xodimlari tomonidan 2022-yilda jami 1 ta dissertatsiya (PhD) himoyasi bolib o‘tgan.

    Filialda  olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jami 30 dan ortiq ta talaba jalb etilgan bo‘lib, ularning olib borgan o‘quv, ilmiy, ma’naviy axloqiy va tashabbuskorlik faoliyatlari natijasida 2022-yilda jami 20 nafar talaba o‘z faoliyatlari bilan turli yutuqlarga erishishdi. Jumladan, 1 nafar talaba Prezident stipendiyasi, 1 nafar Beruniy nomidagi, 1 nafar Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari va 4 nafar talaba soha korxonalari stipendiyalariga ega bo‘lishdi.

    2022-yilda filial xodimlari tomonidan 200 dan ortiq mahalliy jurnallarda va 50 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalar chop etilgan, xususan Scopus ilmiy bazasiga kiruvchi jurnallarda 2022-yilda 12 ta maqola nashr ettirilgan bo‘lib, ularning 7 tasi anjuman to‘plamlarida va 5 tasi ilmiy jurnallarda o‘z aksini topgan.

    Filialda ertangi kelajagimiz rivoji uchun xizmat qiladigan 25 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olingan. Bu ham ham filalimiz uchun hamda talabalarimiz uchun bir katta yutuq desam adashmagan bo’laman.

    Direktor

     

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o‘g‘li

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz