
FAOLIYAT
Xalqaro hamkorlik aloqalari
Bugungi kunda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali zamonaviy xorijiy ta’lim texnologiyalari va dasturlaridan samarali foydalanish, filialning xalqarolashuv siyosatini amalga oshirish maqsadida bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Rossiya, AQSh, Germaniya, Litva, Italiya, Janubiy Koreya, Belorus Respublikasi kabi dunyoning yetakchi davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan ikkitomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Germaniyaning Karl von Ossetskiy nomidagi Oldenburg universiteti, Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Toshkentdagi Yodju instituti, AQShning Kolarodo universiteti, Belorussiyaning radiotexnika va elektronika universiteti, Rossiyaning Sankt-Peterburg Axborot texnologiyalari, mexanika va optika universiteti, AQShning Mayami universiteti, Janubiy Koreyaning Toshkentdagi Inxa universiteti, Toshkent Turin politexnika universiteti, Litvaning Vilnyus universiteti bilan memorandum imzolangan. Shuningdek, Filial Yevropa Ittifoqining Erasmus+, AQShning USAID, Fulbright, Janubiy Koreyaning KOICA, Yaponiyaning JICA dasturlarida faol qatnashib kelmoqda.