Talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash
Asosiy / Talabalar oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash
  • Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

                2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

                transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

                my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

    Qabul 2023-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

    Kerakli hujjatlar:

    • ariza onlayn tarzda (Bir davlat OTM doirasida mos va turdosh yo'nalishlar kesimida ariza yozma tarzda
    • transkript yoki reyting daftarchasi yohud akademik malumotnoma (JPG yoki PDF shakli)

    Eslatib o‘tamiz, davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

    Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

    Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida;

    Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

     

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-279-sonli qarori.

    2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 393-sonli qarori.

     
     

     

     

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz