Ochiq ma`lumotlar
Asosiy / Ochiq ma`lumotlar
  • Hozirgi kunda hayotimizning har bir javhasiga yangi va ilg’or axborot  texnologiyalarining kirib kelishi, raqamlashtirish jarayonlarining jadallashishi, har bir soha uchun teran fikr va bilimli, zamonaviy va yangicha yondashuvga ega malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojni tobora oshirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Murojaatnoma” sida bu bo’yicha bir nechta vazifalar keltirib o’tilgan. Shular jumlasidan OTM larga davlat granti asosida qabulning ikki barobar oshirilishi, shuningdek qizlar uchun alohida davlat grantlarining joriy etilishi, o’qishga kirishning soddalashtirilishi, oliy ta’lim o’quv jarayonlarida kredit-modul tizimining joriy etilishi kiradi. Bularning barchasi ertamiz kelajagi bo’lgan yetuk va barkamol avlod uchun qilinayotgan safarbarlik harakatlari hisoblanadi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida zamon talabiga hamohang mutaxassis kadrlarni yetishtirib chiqarish uchun hozirgi kunda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda filialda masofaviy ta’limning online va offline rejimda uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini ta’minlanganligi talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlarda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Filialda talabalarga sifatli ta’lim berish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda talabalarni ilmiy soxaga yo’naltirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan filialda fan, sport, intellektual soxalarning turli yo’nalishlari bo’yicha 25 ta to’garak tashkil qilingan bo’lib, kundan kunga qamrov doirasi ham oshib bormoqda. Bunda iqtidorli talabalarning istak va talablaridan kelib chiqib o’zlari tengdoshlari bilimlarini almashish va kurslar tashkil qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 2022-yilda ilmiy saloyihiyat 32%, farq 2021 “-7,4%”; ni tashkil etdi. Bunda Filialda 2022-yilda jami 1,8 mlrd.so‘m miqdorida 6 ta ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan. Shundan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 1,448 mlrd.so‘m miqdorida 3 ta loyiha, xo‘jalik shartnoma asosida 300 mln.so‘m miqdorida 2 ta loyiha, startap loyiha 100 mln. so’m miqdorida 1ta loyiha amalga oshirilgan.

    Filialda  olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jami 30 dan ortiq ta talaba jalb etilgan bo‘lib, ularning olib borgan o‘quv, ilmiy, ma’naviy axloqiy va tashabbuskorlik faoliyatlari natijasida 2022-yilda jami 20 nafar talaba o‘z faoliyatlari bilan turli yutuqlarga erishishdi. Jumladan, 1 nafar talaba Prezident stipendiyasi, 1 nafar Beruniy nomidagi, 1 nafar Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari va 4 nafar talaba soha korxonalari stipendiyalariga ega bo‘lishdi.

              Xususan, 2022-yilda viloyatimizdagi kadrlarga bo‘lgan extiyoj hisobga olinib, filialimizda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishlari Pochta aloqasi texnologiyasi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi bo‘yicha mutaxassisliklar ochildi. Bu ochilgan yo’nalishlarning kelgusi bitiruvchilari xalqimiz uchun munosib kadrlari bo’lib chiqishlari uchun filialining har bir pedagog hodimi o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Shu zaminda har bir yosh avlod uchun yaratilgan shart-sharoitlar ularning kelajakda yuqori marra va cho’qqilarni egallashida shubhasiz muhim o’rin tutadi.

              Albatta, malakali va chuqur bilimli yosh kadrlarning yetishib chiqishida ularga bilim beruvchi va to’g’ri yo’lga boshlovchi professor-o’qituvchilar ham bu o’rinda kata ahamiayt kasb qiladi. Bu borada filialimizdagi pedagog xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilgan. Jumladam filialimizning jami 15 nafar rahbar va pedagog xodimlari Respublika tayanch OTMlar huzuridagi rahbar va pedagog xodimlarini malakasini oshirish markazlarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirishdi. Nafaqat respublikamizda balki, jahon hamjamiyatida rivojlanib nafaqat ilm sohasida balki o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lgan Ispaniya, Fransiya, Rossiya kabi ilm-fan rivojlangan davlatlardagi nufuzli universitetlarda stajirovka o‘tab kelishmoqda. “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti Jumaniyazov Nizomjon Ispaniyaning  Santiyago de-Kompostela (USC) universitetida 6 oyga stajirovkaga yuborildi. Innovatsion rivojlantirish vazirliginining granti asosida Jumaniyazov Nizomjon Ispaniyaning  Santiyago de-Kompostela  universitetiga 3 oyga stajirovkaga yuborildi. “Telekommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi assistenti  Samandarov Bunyod  Ispaniyaning Barselona universitetiga doktoranturada o‘qishni boshladi.  Michigan universitetining grant dasturi asosida Jumaniyazov Nizomjon 2022-yil 23-sentyabrdan 8-noyabrgacha stajirovkaga yuborildi. Dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti Allamov Oybek Innovatsion rivojlanish vazirligi granti asosida Germaniyaning Karl von Ossetskiy nomidagi Oldenburg universitetida 2022-yil 7-oktyabrdan 3 oylik stajirovkasini boshladi. Shuningdek, Dasturiy injiniring kafedrasi asistenti Axmedov  Ergash hamda Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi asistenti Matqurbonov To‘lqin Novosibirsk davlat universitetida doktoranturada tahsil olishni boshladi. 2022-yil 21-24-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xorijiy safar doirasida “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi assisteni Sadiqov Mahmudjon Isroil davlatining Technion University, Tel-Aviv University va Weizzman University kabi top universitetlariga tashrif buyurdi. 2022-yil 13-20-sentabr kunlari “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Xajiyeva Iroda Adambayevna, kafedra dotsenti Abdullayeva Shohida Davronbekovna, Kompyuter injiniring fakulteti 3-kurs talabasi Taxirova Gulhayo  IL-402104155-sonli grant loyihasi doirasida Turkiya Respublikasining EGE universiteti Adabiyot fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida  EGE universiteti Adabiyot fakulteti dekani, professor Yusuf Ayonu va professor Selami Fedakar bilan uchrashdilar. Xorijiy va respublika nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan 4 nafar professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb qilindi. AQShning Saint Cloud University Axborot texnologiyalari va Kompyuter injiniringi kafedrasi faxriy professori Amos Omotayo Olagunju 2022 yil 3-maydan 3-iyungacha “Dasturiy injiniring” kafedrasi xorijiy professor o‘qituvchisi sifatida jalb qilindi. 2022 yil 5 maydan 2022 yil 3-iyungacha filial tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ingliz tili guruhi talabalari uchun “Dasturiy injiniringga kirish” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Shuningdek, filial kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, magistrantlar uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy maqolalar yozish, o‘quv rejalarini takomillashtirish mavzularida master-klasslar, seminar-treninglar tashkil qilindi. 

    2022-yil 13-sentyabrdan 2023-yil 31-iyulgacha Fulbrayt English Teaching Assistantship dasturi mutaxassisi Ottilie Marie Cooper Ohm filialda ingliz tili o‘qitish mutaxassisi sifatida jalb qilindi.

    2022-yil 3-oktyabrdan 3-dekabrgacha Novosibirsk davlat texnika universiteti “Radio injiniringning nazariy asoslari” kafedrasi dotsenti Yuriy Morozov 2-kurs magistratura talabalariga “Video va audio signallarni ishlash” fanini soatbay asosda o‘tdi.Filialining xodimlari tomonidan 2022-yilda jami 1 ta dissertatsiya (PhD) himoyasi bolib o‘tgan.

              Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022-yilda 2 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma, 35 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi va nashr qilindi. Shular qatori 2022-yilda filial xodimlari tomonidan 200 dan ortiq mahalliy jurnallarda va 50 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalar chop etilgan, xususan Scopus ilmiy bazasiga kiruvchi jurnallarda 2022-yilda 12 ta maqola nashr ettirilgan bo‘lib, ularning 7 tasi anjuman to‘plamlarida va 5 tasi ilmiy jurnallarda o‘z aksini topgan hamda  5 ta monografiya sifatida nashr ettirilgan. 25 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olingan. Shuningdek, filial xodimlari(kim tomonidan) tomonidan 2022-yilda ilmiy darajali 1 ta dotsentlik ilmiy unvonini olgan. 2022-yilda tayanch doktoranturaga 3 nafar talabgor qabul qilindi. 4 nafar professor-o‘qituvchilar qaysi yo’nalishlarda ilmiy darajaga ega bo‘lishdi.

              Quvonarlisi shundaki, 2022-yilda Filialimiz “Bir million dasturchi” loyihasi bo’yicha Respublikada “Eng yaxshi Universitet”, Maxalliy reyting bo‘yicha Respublika filiallari bo‘yicha 2-o‘rin deb tan olinishi nafaqat filialimiz professor-o’qituvchilari uchun balki talabalarimiz uchun ham foydali bo’ldi. Shu doirada filialimizda zamonaviy labaratoriya tashkil qilindi va 200 ta Cousera o’quv kurslariga sertifikatlar qo’lga kiritildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan muvofaqqiyatli natija bilan o‘tdi. Bunday yutuqlar zamirida har bir hodimning mashaqqatli mehnati samarasi o’z ifodasini topgan desak adashmagan bo’lamiz.

    Filialimiz talaba-yoshlari ushbu yilda sport, madaniyat, ilm-fan soxalarida bir qator yutuqlarga erishdilar. Jumladan, ushbu yil Filial tarixida birinchi marotaba Prezident stipendiyasi sohibi, Islom Karimov davlat stipendiyasi sohibi, Shuxrat medali va Kelajak bunyodkori ko‘krak nishoni soxiblarini misol qilishimiz mumkin. Bundan tashqari Osiyo o‘yinlari va Respublika musobaqalari g‘oliblari, 10 ga yaqin turli davlat va vazirliklar stipendiyalari soxiblari va xalqaro ACM ICPC dasturchilari yetishib chiqdi.

     

     

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz