Xorijiy fuqarolar qabuli
Asosiy / Xorijiy fuqarolar qabuli

Xorijiy fuqarolarlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialiga o’qishga topshirishi elektron portal orqali amalga oshiriladi.

           Hujjatlarni topshirish 2022 yil 20 iyundan hujjatlarni qabul qilish amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. O'qishga qabul qilish haqida ariza;
  2. Pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda);
  3.  Sertifikat, diplomning skanerlangan versiyasi, o‘qilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda). Magistratura uchun bakalavr diplom, o‘qilgan fanlar va olingan baholari (ballari)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda);
  4.  Fotasurat 3,5×4,5 o’lchamli (JPEG formatda).

Xorijiy talabalar suhbat asosida o’qishga qabul qilinadi. Suhbat vaziyatga qarab onlayn yoki oflayn tartibda o’tkaziladi. Suhbat o’tkazish sanasi qo’shimcha ravishda qabul komissiyasiga hujjat jo’natilgan elektron manzilga yuboriladi. Suhbat natijasiga ko’ra o’qishga tavsiya qilingan xorijiy fuqarolar to’lov-shartnoma asosida o’qishga qabul qilinadi. Xorijiy talabalar uchun o’qish davrida to’lov-shartnomaning stipendiyali turi asosida stipendiya tayinlanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolarlarning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida o’qishi o'zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.

 

Xorijiy abituriyentlar hujjat topshirishi mumkin bo’lgan ta’lim yo'nalishlari va to'lov-shartnoma summalari

BAKALAVRIATURA:

Ta'lim turi: Kunduzgi

Ta'lim yo'nalishi nomi

To‘lov summasi (USD)

stipendiyasiz

stipendiyali

1

Axborot xavfsizligi (sohalar bo`yicha)

1500

2040

2

Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi")

1500

2040

3

Dasturiy injiniring

1500

2040

4

Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar")

1500

2040

5

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi

1500

2040

6

Pochta aloqasi texnologiyasi

1500

2040

         

 

Ta'lim turi: Sirtqi 

Ta'lim yo'nalishi nomi

To‘lov summasi (USD)

stipendiyasiz

stipendiyali

1

Kompyuter injiniringi: kompyuter injiniringi

1300

-

2

Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar")

1300

-

3

Dasturiy injiniringi

1300

-

 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI:

Ta'lim turi: Kunduzgi

Mutaxassislik nomi

To‘lov summasi (USD)

stipendiyasiz

stipendiyali

1

Axborot xavfsizligi (Yo'nalishlar bo'yicha)

2000

2540

2

Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)

2000

2540

3

Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)

2000

2540

4

Dasturiy injiniringi

2000

2540

 

Xorijiy talabalar Online ariza topshirishi quydagi havolalar orqali amalga oshiriladi:

Ariza shakli 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz