Kafedra dastlab, 2013 yil 31 dekabrda TATU UF dirеktori, t.f.d., profеssor A.X. Nishanovning 382-sonli buyrug‘iga asosan “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi negizida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi tashkil qilindi. 2014 yil 3 fevraldan 2015 yil avgust oyigacha kafedrani t.f.d., professor, Kalandarov Palvan Iskandarovich boshqarib kelgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri f.-m.f.n., dotsent Ismailov Shavkat Ko‘ziyevich.
2021-2022 o‘quv yilida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida 20 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib shulardan 1 nafar professor-o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. Kafеdra professor-o‘qituvchilari tоmоnidan o‘quv jarayonini yaхshilash maqsadida bir nеchta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari yaratilgan. Kafеdraga O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tоmоnidan zamоnaviy kоmpyutеr sinfi bеrilgan. Barcha kоmpyutеrlar intеrnеt tarmоg‘iga ulangan va talabalar bo‘sh paytlarida kоmpyutеrlardan fоydalanish imkоniyatiga ega.
Kafedra o‘zbek va rus guruhlarida bakalavriaturaning 60611000 (5350100) - Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi bo‘yicha, magistraturaning 70611001 (5A350101) - Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxasisligi bo’yicha kadrlar yetishtirilib chiqaradi. Kafеdra tashkil etilgandan buyon o‘z faoliyati davomida mutaxassislik bo‘yicha 300 dan ortiq bakalavrlar tayyorlagan. Ular o‘z ish faoliyatini faqat O’zbеkiston Rеspublikasida emas, balki chеt el mamlakatlarida ham davom ettirmoqdalar.
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
Bakalavriatura:
Magistratura
- 5A350101 - Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatish tizimlari, Teleradioeshittirish)
Kafedrada 2022/2023 o’quv yili bo’yicha o`qitiladigan fanlar:
1. Aloqa tizimlarini modelleshtirish va simulyatsiyalash
2. Signallarga raqamli ishlov berish
3. Elektronika va sxemalar 1
4. Elektronika va sxemalar 2
5. Kompyuter tarmoqlari
6. Internet tarmoqlari va xizmatlari
7. Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
8. Ma’lumotlar kommunikatsiyasi
9. Metrologiya, standartlashtirish va sertififikatlash
10. Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish
11. Simsiz aloqa tarmoqlari
12. Signallar va tizimlarni qayta ishlash
13. Tarmoq protokollari
14. Telekommunikasiya tarmog’ini boshqarish asoslari
15. Telekommunikasiya tarmoqlari
16. Internet of things
17. Design of embedded system
18. Future Networks Network managment
19. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
20. Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida sifatli xizmat ko’rsatish mexanizmlari va modeli
21. Tarmoq xavfsizligi
Kafedra 2022/2023 oq’uv yilida quyidagi shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
1. Ismoilov Shavkat Koʻziboyevich -kafedra mudiri
2. Setmetov Neʼmatjon Urunboyevich -dotsent
3. Masharipov Ataboy Matyoqubovich -katta oʻqituvchi
4. Matqurbanov To‘lqin Alimboyevich -katta oʻqituvchi
5. Yangiboyeva Madina Rustamovna -assistent
6. Bekimetov Alisher Farxodovich -assistent
7. Omonov Ibratbek Ikromboy oʻgʻli -assistent
8. Nurullayev Yelaman Yergaziyevich -assistent
9. Jumaboyeva Marhabo Rustamboyevna -Stajyor-oʻqituvchi
10. Saparbayev Raxmon Komiljonovich -Stajyor-oʻqituvchi
11. Artikova Gulzoda G‘ulomjonovna -Stajyor-oʻqituvchi
12. Xatamova Mavluda Komiljon qizi -Stajyor-oʻqituvchi
Kafedrada ilmiy ishlari va yo‘nalishlari.
Hozirgi davrda kafedra o’qituvchilari o’quv rejasidagi fanlardan chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, virtual laboratoriya ishlarini yaratishni, internet tizimiga ulangan maxsus multimediya sinfida olib borishni amalga oshirmoqdalar. Shu bilan birga tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ham muntazam ravishda talabalarga yetkazib berish ustida tinmay izlanish olib bormoqdalar.
Erishilgan yutuqlar.
Kafedra o’qituvchilarining samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishgan. Jumladan, 2017 yilda Ismailov Sh. “O’zbekiston Respublikasi konstituttsiyasiga 25 yil” nishoni bilan, 2014 yilda Mustaqillik bayramining 23 yillik munosabati bilan N.U. Setmetovga “O’z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, kafedra dotsenti E.Sh. Avazov “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi bo’yicha 2015 yil uchun “Mutaxassisligi bo’yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.