KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Asosiy / Fakultetlar / KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 2005 yilda tashkil etilgan bo’lib, Axborot texnologiyalari fakulteti nomi bilan yuritilgan. 2005-yilda M.Sharipov Axborot texnologiyalari fakultetining dekani etib tayinlangan. 2006-2007 yillarda E.Koshchanov Axborot texnologiyalari fakultetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Fakultetning dastlabki yillari “Informatika va AT (sohalar bo’yicha)” hamda “Kasbiy ta’lim yo’nalishlari” bo’yicha talabalar qabul qilingan.

Fakultetda “Informatika va AT”, “Tabiiy va umumkasbiy fanlar”, “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedralari mavjud bo’lgan. “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasidan “Informatika va matematika” kafedrasi ajralib chiqqan. 2007-2008 yillarda Sh.Sadullayeva “Axborot texnologiyalari” fakultetining dekani etib tayinlangan. 2008-2010 yillarda fakultet dekani sifatida K.Yaqubov faoliyat yuritgan. 2010-2015 yillar mobaynida Yu.Saidov fakultet dekani lavozimida ishlagan. 2010 yilda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida D.Quryazov, dispetcher va kotiba lavozimida M.Rajapova faoliyat yuritgan. 2011-2013 yillarda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida S.Jafarov va “Ma’naviyat ishlari bo’yicha” dekan muovini lavozimida M.Matnazarov ishlagan. “Axborot texnologiyalari” fakulteti nomi 2013 yilda “Kompyuter injiniringi” deb o’zgartirildi. 2013 yilda  “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasidan “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi ajralib chiqdi. “Informatika va matematika” kafedrasining nomi esa, “Axborot ta’lim texnologiyalari” nomiga o’zgardi. 2013 yilda “Informatika va AT” yo’nalishi “Kompyuter injiniringi”, “Kasbiy ta’lim” yo’nalishi “AKT soxasida kasbiy ta’lim” yo’nalishiga o’zgartirildi va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo’nalishi ochildi. 2013-2015 yillarda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida X.Otamuratov va 2013-2016 yillarda “Ma’naviyat ishlari bo’yicha” dekan muovini lavozimida K.Bobojonov faoliyat yuritgan. 2014 yilda fakultetda “Dasturiy injiniring” yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilindi. 2015 yil Kompyuter injiniringi fakultetida “Dasturiy injiniringi” kafedrasi tashkil qilindi. O.Allamov 2015-2016 yillarda Kompyuter injiniringi dekani va O.Xalmuratov o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlagan. 2016 yil Kompyuter injiniringi fakultetida Axborot xavfsizligi yo’nalishi ochildi. 2016-2017 yillarda fakultet dekani lavozimida U.Aminov va 2016-2018 yillarda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida X.Adinaev va 2016-2018 yillarda “Ma’naviyat ishlari bo’yicha” dekan muovini lavozimida E.Avezov faoliyat yuritgan. 2017 yilda Kompyuter injiniringi fakultteti dekani etib O.Allaberganov tayinlandi.

2018 yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali ikkita fakultetga “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetlariga ajratildi.

Fakultetda 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”), 5330300 – Axborot xavfsizlig (“sohalar bo’yicha”) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura va 5A33501 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

 

 

FAKULTET MA`MURIYATI
Raximboyev Xikmat Jumanazarovich
Kompyuter injiniringi fakulteti dekani:
Qabul vaqti:
Seshanba – Juma (14:00-16:00 gacha)
Telefon: +998 62 224-61-28
Aliyev Oybek Azadovich
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari:
Qabul vaqti:
Dushanba – Shanba (14:00-17:00 gacha)
Telefon: +998 62 224-61-28
Avezov Nodirbek Egambergonovich
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari:
Qabul vaqti:
Dushanba – Shanba (14:00-17:00 gacha)
Telefon: +998 62 224-61-28
FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
Axborot xavfsizligi (yo'nalishlar bo'yicha)
70610302
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”)
70610501
120
Komputerlar soni
40
Noutbuklar soni
15
Serverlar soni
90
Elektron doska soni
© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz