Filial kengashi
Filial kengashi
Rajabova Zuxra Sa`dullaevna
Qabul vaqti: Dushanba –Juma (9:00-16:30)
Telefon: (+998 94) 627-54-41


Kengash kotibining lavozim vazifalari:

  • Har oyda o`tkaziladigan Filial kengash majlisining ish rejasi bo`yicha tegishli sohalar mas`ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo`yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;
  • Filial kengash a`zolarini kengashda ishtirokini ta`minlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;
  • Filial kengash qarorlari loyihasini mas`ullardan o`z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;
  • Filial kengash qarorlari loyihasi rasmiylashtirilib, tayyor bo`lgach barcha kengash a`zolariga tarqatish;
  • Filial kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • Filial kengash qarorlari loyihasini mas`ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og`zaki ravishda Filial kengash raisiga hisobot berish;
  • Filial kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish;
  • Bayonnomalarni filial kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta`minlash;
  • Filial kengash tasdig`idan o`tgan barcha Filial xujjatlarining bayonnomadan ko`chirmasini tasdiqlab berish;
  • Filial kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko`rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni OAKga jo`natish;
  • Filial kengash muhokamasidan o`tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko`chirmani tasdiqlash;
  • Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo`yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo`li bilan tanlov o`tkazib, rasmiylashtirish;
  • Professor-o`qituvchilarning ilmiy ishlar ro`yxatini tasdiqlab berish;
  • Har o`quv yili oxirida Filial kengash bayonnomalarining yig`ma jildini arxivga topshirish;
  • Filial kengash rejasi kengash tomonidan ko`rib chiqilgandan so`ng Filial direktori tomonidan tasdiqlatish.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz