Kadrlar bo'limi boshlig‘i:
Kadrlar bo'limi boshlig‘i:
Bekchanova Madinaxon Soliyevna
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-12:00 gacha)
Telefon: +99891 4313399


Kadrlar bo’limi umumiy faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh  avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi  amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek,  O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga va yo’riqnomalarga, TATU Urganch filiali xodimlar bo’limi Nizomi, reglamenti, yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi.  

          Filial mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi.

      Xodimlar bo’limining professor-o’qituvchi, assistent va ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash   inspektorlari bevosita xodimlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko’rsatmalariga muvofiq  ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo’lim boshlig’i nazorat qiladi.

          Kadrlarni joy-joyiga qo’yish  bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

         Filial rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega  bo’lgan, ish saviyasi, uslubi  talabga javob  bera  oladigan professor-o’qituvchilar, assistentlar, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

          Kadrlar tayyorlash  milliy dasturida belgilangan  maqsadlarga  erishish va uni tatbiq etish  uchun unumdor  va samarali  mehnat kilishni tashkil etadi.

          Filial  shtat jadvalini moliya-reja bo’limi bilan birgalikda  muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.

Xodimlar masalasi bo’yicha boshqa  tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishni yo’lga qo’yadi va tashkillashtiradi.

          Professor-o’qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni  ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi.

        Professor-o’qituvchi va assistent xodimlarni  talabalar, ish, o’qish intizomini Filial ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat  qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam  ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan dekan va kafedra mudirlari bilan kelishgan holda rahbariyatga taklif kiritadi.

          Harbiy xizmatga majbur  bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv  yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.

          Bakalaviatura,  magistiratura va aspirantura  bitiruvchilarini filialda ishga jalb etish uchun muloqotlar tashkillashtiradi.

         Professor-o’qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning  shaxsiy  ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi hamda my.mehnat.uz tizimiga doimiy kiritib boradi.

          Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarini va ilovalarni o’z vaqtida to’g’ri va aniq to’ldirilishini nazorat etadi.

          Mehnat daftarchasi va diplom  blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi.

          Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi.

          Kasallik varaqalarini shakllantiradi, yuritadi.

          Filialdagi malaka toifasiga ega bo’lgan  professor-o’qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning belgilangan shaklda stastistik hisobotini olib boradi.

          Har oyda Urganch shahar aholi bandligiga ko`maklasishmarkaziga kvotali joylar va vakant joylar (bo’sh ish o’rni) bo’yicha  ma’lumot beradi.

 

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz