Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o’rinbosari
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o’rinbosari
Matyokubov O’tkir Karimovich
Qabul vaqti: Har hafta payshanba kuni soat 15:00 dan 17:00 – Shanba kuni 15:00-17:00 gacha
Telefon: (+998 99) 968-80-06


Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosarining lavozim vazifalari:

·  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

·  Ma’naviy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

·  Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha mutasaddi yuqori tashkilotlar buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, Filial ilmiy kengashi qarorlari va direktor buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil qilish;

·  Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy jarayonlarni ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

·  Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ma’naviy-ma’rifiy jarayoniga oid ish rejalarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

·  Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar va bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;

·  Oliy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

·  O‘rnatilgan tartibda Filialning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

·  Filialni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish. Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

·  Kafedralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni Filialning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash;

·  Talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;

·  Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;

·  Filial jamoa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy xujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

·  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish, maxsus kurslarini tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob tadbirlarini uyushtirish;

·  Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan xujjatlarni Filial jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va bajarilishini ta’minlash;

·  Talabalarda ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;

·  Xuquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

·  Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni pedagoglar, talabalar va keng jamoatchilikka yetkazish tizimini tashkil etish;

·  Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

·  Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion adabiyot, qo‘llanma va boshqalar bilan ta’minlash, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;

·  Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;

·  Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklarini tashkil etish;

·  Filial sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash, “Universiada” sport musobaqalarida faol qatnashishini ta’minlash;

·  Filialda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga xar tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

·  Talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlarini tashkil qilish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish.

·  Filial axborot-resurs markazining turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;

·  Filialning sport-sog‘lomlashtirish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

·  Yetim, nogiron yoki kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqida habardor bo‘lish va ularning ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish;

·  Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va Filialning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

·  Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda Filialdagi ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy yoritib borishni tashkil qilish;

·  Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari, ko‘riklar va olimpiadalarni muntazam o‘tkazilishini tashkil etish;

·  Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;

·  Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish va chora-tadbirlar ishlab chiqish;

·  Professor-o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro munosabatlarida odob-axloq me’yorlari va muomala madaniyatiga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish;

·  “Ustoz-shogird” tizimi faoliyatini takomillashtirish va milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlantirilishini ta’minlash;

·  Ustoz va murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

·  Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil qilish, Filialda o‘tkazilayotgan tadbirlarda xodimlarning ommaviy-axborot vositalarda chiqishlarini yoritilishini tashkillashtirish;

·  O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz