Xorijiy Stipendiyalar

India Institute of Technology Bombay, India

Астраханский государственный университет

Дальневосточный федеральный университет

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun DECIMALS ikkinchi chaqiruvi takliflar eshiklari ochilmoqda.

DECIMALS modellashtirish grantlari uchun takliflarning ikkinchi chaqiruvi 2022-yil 15-iyulgacha (Markaziy Yevropa vaqti bilan 23:59) ochiq. DECIMALS rivojlanayotgan mamlakatlardagi olimlar jamoalarini qoʻllab-quvvatlaydi, chunki ular quyosh radiatsiyasini oʻzgartirish geoinjeneriyasi (SRM) mahalliy iqlimga qanday taʼsir qilishi mumkinligini modellashtiradi.

DECIMALS moliyalashtirishning ikkinchi bosqichida 75 000 AQSH dollarigacha boʻlgan grantlar tadqiqot guruhlarini qoʻllab-quvvatlaydi, chunki ular SRM mahalliy darajada muhim boʻlgan iqlim taʼsiriga qanday taʼsir qilishi mumkinligini oʻrganadilar. Grantlar, munosiblik va qanday murojaat qilish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi ariza qo'llanmasini o'qing.

Arizalar topshirishda quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin:

https://www.degrees.ngo/decimals-fund/open-call-for-proposals/

Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun “Turkiya grantlari”

Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun “Turkiya grantlari” Xalqaro talabalar va ilmiy tadqiqotchilarga Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olish va ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi eʼlon qilingan. Ushbu grantlar dasturi bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari va ilmiy tadqiqot olib borish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta, stipendiya, o‘qish uchun to‘lov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotoqxona bilan taʼminlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Stipendiya miqdori bakalavr talabalari uchun har oy 800 turk lirasi (TL), magistratura talabalari uchun 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilar uchun 3000 TL, davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” 2000 TL ni tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar faqatgina oylik stipendiya bilan cheklangan. “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” granti oylik stipendiya, yotoqxona, aviachipta, madaniy va ijtimoiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. “Turkiya grantlari” dasturiga onlayn tarzda quyidagi veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: www.turkiyeburslari.gov.tr Mazkur tanlovning yosh jixatdan cheklovlari veb-saytda keltirilgan. Xujjat topshirish muddatlari “Turkiya grantlari” dasturining veb-saytidagi “Application calendar” sahifasida maʼlum qilingan.

 

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra Bruney-Darussalam Hukumati 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi universitetlarda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar ajratgan:

- Bruney-Darussalam universiteti;

- Sulton Sharif Ali nomidagi islom universiteti;

- Bruney texnologiya universiteti;

- Bruney politexnika universiteti;

- Diniy o‘qituvchilarni tayyorlaydigan universitet kolleji.

Ushbu tanlov bilan bog‘liq batafsil maʼlumotni Bruney Tashqi ishlar va savdo vazirligi saytidan olish mumkin: http://www.mfa.gov.bn/Pages/bdgs/bdgs2022.aspx.

Nomzodlarning tanlov uchun to‘ldirilgan anketalari applybdgs2022@mfa.gov.bn elektron manziliga yuborilishi zarur (Anketa formalari elektron shaklda ilovada yuborilmoqda).

          Tanlov muddati: 2022 yil 15 fevral.

Mazkur ta’lim granti o‘qish, yashash, ovqatlanish, xalqaro aviachiptalar va o‘quv materiallari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hamda tibbiy sug‘urta va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi.

 

Grant doirasida tahsil olish 2022-yil iyul-avgust oylarida boshlanadi. www.mfa.gov.bn

Mashhur Garvard universiteti 100 dan ortiq kurslarni bepul qildi, roʻyxatdan oʻting va oʻrganing!

       Turli sohalarda (San'at va dizayn,Biznes,Kompyuter texnologiyalari, Ta'lim va o'qitish,Salomatlik va tibbiyot,Gumanitar fanlar,Matematika,Dasturlash,Ijtimoiy fanlar) kurslar mavjud.

 

Bruney hukumatining 5 ta oliygohidan birida bakalavr yoki magistratura bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Government of Brunei Darussalam Scholarship dasturi

Talablar

— Bakalavr bosqichida o'qish uchun 2022-yil 31-iyul holatiga ko'ra 18-25 yosh oralig'ida bo'lishi, magistratura bosqichi uchun 35 yoshdan katta bo'lmasligi kerak;

— Bruney hukumatining 5 ta nufuzli universitetlaridan birida o'qish uchun barcha qabul talablariga javob berishi lozim;

— Ingliz tilini tanlagan yo'nalishidan kelib chiqqan holda kamida B2 darajada bilishi lozim va b.

— Nomzod o'quv to'lovlari, shu jumladan qabul, imtihon, ro'yxatdan o'tish va dastur davomida yo'naltirish to'lovlaridan ozod etiladi;

—Borish-kelish uchun ekonom klass aviachiptasi beriladi;

— Yashash xarajatlari uchun oylik 500BND (~$368) stipendiyaga ega bo'ladi va b.

Muddati: 15.02.2022

 

 

 

Germaniyadagi stipendiyalar va grantlar 2022 (2000 dan ortiq stipendiyalar)

 

Xalqaro talabalarga 2022 yilda bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqishni davom ettirish uchun stipendiyalar taklif etiladi.

1 Xalqaro talabalarga Germaniyda ta'lim olish uchun HEINRICH BOLL stipendiyasi (1000 stipendiya)

Muddati: 01.03.2022 / Havola (https://cutt.ly/Jhw49fs)

2 Germaniyda tahsil olishni xohlovchi xorijiy talabalar uchun FRIDRIX EBERT FONDI stipendiyalari (40 stipendiya)

Muddati: aprel-may 2022 / Havola

 (https://cutt.ly/dhw7fP2)

3 DAAD magistratura stipendiyalari (500 ta stipendiya) 

Arxitektura - https://cutt.ly/ghw7RS3

Musiqa - https://cutt.ly/bhw7Ic4 

Filmlar, tasviriy san'at - https://cutt.ly/Yhw7SyL

4 Germaniya yillik stipendiyasi 2022-2023 (460 ta stipendiya). Magistratura va PhD dasturlari uchun stipendiyalar beriladi. 

 

Muddati: o'zgaruvchan/ Havola

 

15-17 yoshdagi qizlar uchun to'liq moliyalashtiriladigan Amerikadagi 4 haftalik TechGirls xalqaro yozgi almashinuv dasturi

Talablar

— Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi bo'lishi (O'zbekiston alohida qayd etilgan);

— Nomzodlar dastur boshlanish sanasiga qadar 15-17 yosh orasida bo'lishi;

— Ilg'or ko'nikmalar va ilmiy tadqiqotlarda texnologiya, muhandislik va/yoki matematikaga sohalarida o'zlarining ilg'or qobiliyatlarini, jiddiy qiziqishlarini namoyish qila olishlari v b.

Foydali tomonlari

— Viza to'lovi, borib-kelish, turar-joy, ovqatlanish, jamoa transportlaridan foydalanish xarajatlari qopanadi;

— Favquloddagi holatlar uchun tibbiy sug‘urtaqilinadi va b.

Oxirgi muddat: 15.01.2022

 

 

Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida amaliyot qilish imkoniyatini taqdim etuvchi Community Engagement Exchange Program dasturi

 

Talablar

— Nomzod berilgan davlat fuqarosi bo'lishi (O'zbekiston ro'yxatda mavjud) va 21-28 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;

— Dasturga ariza topshirish vaqtida kamida 2 yillik ish yoki volontyorlik tajribasiga ega bo'lishi shart;

— Ingliz tilidan mukammal ogʻzaki va yozma bilimga ega boʻlishi kerak (yarim finalchilar TOEFL/IELTS sertifikati yoki imtihonini topshirishlari kerak boʻladi) va b.

Foydali tomonlari

— AQShga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;

— Yashash va oziq-ovqat xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta'minlanadi;

— Tibbiy sug'urtaga ega bo'ladi va b.

Oxirgi muddat

16.01.2022 09:59

 

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz