Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi:
Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi:
Saidov Hakimboy O'rinboyevich
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: +998 93 742-49-00


Ta’lim xizmatlari bozorida universitetning faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini is’temolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish, hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing xizmatlari bo'limining vazifalari:

– Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan, ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.

– Respublika iktisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori kon’yukturasining o‘zgarishini taxlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yukturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil omillar (segmentlar) o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni taxlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ishga taqsimlash ob’ektlari–ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar – davlat va maxalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va x.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potentsial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish.

– Joriy yil bitiruvchilari haqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi va maxsus sirtki ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish.

– Respublika va tegishli xududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash.

– Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan xolda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

– TATU bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real extiyojlariga muvofik bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chikish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish xamda umumlashtirish.

– TATU bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha har bir bitiruvchining reytingi va malakaviy sifatlari to‘g‘risida tavsifnoma, bitiruvchilarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xoxlashiga oid anketa so‘rovlari natijalari va ish beruvchilar (iste’molchilar)dan korxona yoki tashkilotdagi mavjud mehnat hamda maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash.

– Bitiruvchilarni ishga taksimlash va ularning  joylashishiga oid  barcha zaruriy xujjatlarni (diplomdan ko‘chirma, ishga yuborilganlik to‘g‘risida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish.

– Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan xollarda qayta taqsimlash yoki mustakil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun universitet komissiyasiga murojaat etish.

– Ishga taksimlangan va joylashgan bitiruvchilarning korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to‘liq yakuniy ma’lumotlar bankini yaratish.

– Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik hamda DAK tarkibiga ish beruvchi (buyurtmachi) korxona va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish.

– Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, o‘kuv-ilmiy-ishlab chiqarish markazlari (poligonlari, amaliyot bazalari) tashkil etish bo‘yicha asosnoma va takliflar tayyorlash hamda moddiy-texnik xamkorlikka oid shartnomalar tuzish, shuningdek ular bilan qata aloqalarni o‘rnatish.

– Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o‘rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslaxatlar berish hamda mexnat faoliyati natijalarini umumlashtirish.

– Yangi o‘kuv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, kabul kilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha taksimlanishi, o‘qitish tillari va x.k.) hakida ma’lumotlar bankini yaratish.

– Yangi o‘kuv yilida davlat grantlari asosida qabul kilingan talabalar bilan universitet o‘rtasida o‘kishni tugatgandan so‘ng ishga taksimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar tuzish.

– Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maqsadida korxonalar, tashkilotlar va xususiy xo‘jaliklar bilan aloqalar o‘rnatish hamda shartnomalar tuzish, ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar hakidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad kilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy maxoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘linmalari (turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘kuv-uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, kafedralar va x.k.) bilan xamkorlik kilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini taxlil kilish va baxolashda ishtirok etish, umumiy marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo‘linmalar faoliyatini muvofiklashtirish.

– Ta’lim xizmatlari xalqaro bozori bo‘yicha marketing izlanishlarini olib borish va taxliliy xulosalar tayyorlash.

– Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloka, veb-sayt) orkali bitiruvchilar to‘grisida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon kilinishini, oliy ta’lim muassasasi veb-saytida joylashtirilishini, ma’lumotnomalar nashr kilish va ularning iste’molchilar (ish beruvchilar)ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullarining xomaki nusxalari, makolalar matnlari, video va audiotasmalar  stsenariylarini tayyorlashda ishtirok etish.

– Yukori (bitiruvchi) kurslar talabalarida kasbiy maxorat sifatlarining bakalavr (magistr) ma’lumot darajasiga va ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiq shakllanishi jarayonini o‘rganish, taxlil kilish xamda marketing izlanishlari natijalari taxlilidan kelib chikkan xolda rakobatbardosh bitiruvchi shaxsini shakllantirish maqsadida fakultetlar, tegishli kafedralar va ilmiy, o‘kuv-metodik bo‘limlarga buyurtmachilar (iste’molchilar) tavsiyalarini takdim etish.

– Turdosh oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanayotgan rakobatli bitiruvchilarning kasbiy maxorati darajasi, ularning ustunligi va kamchiligini baxolash xamda o‘z bitiruvchilari bilan takkoslash.

– Universitetda magistr darajali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan extiyojni aniklash va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bitiruvchilarni ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiklashtiruvchi maxsus komissiyasiga takdim etish.

– Kadrlarga bo‘lgan real extiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taksimlash natijalari xakidagi ma’lumotlarni taallukli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi xamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga davriy ravishda takdim etish, ishga taksimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar takdim etish.

– Fan-texnika yutuklarini xisobga olgan xolda xamda bakalavr va magistr bitiruvchilarning kasbiy maxorati (malakaviy sifatlari)ni yaxshilash maksadida rakobatbardosh bo‘lgusi mutaxassis shaxsini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikish.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taksimlashda yordamchi-vositachilik tuzilmalarini tanlash (xokimiyatlar, mexnat va axolini ijtimoiy ximoya kilish boshkarmalari (bo‘limlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, ishonchli vakillar va x.k.) va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish kilish maksadida universitetning respublika, mintakaviy va xalkaro korgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini taminlash, muassasa xududida korgazma va vitrinali ekspozitsiyalar tashkil etish.

Imzolangan shartnomalarga muvofiq ish beruvchilarni  belgilangan muddatlarda bitiruvchilar bilan taminlash maksadida oliy talim muassasasining barcha tegishli bolinmalari bilan talabalar kabuli va bitiruvchilarni ishga taksimlash rejalarini muvofiqlashtirish.

Universitetning tegishli bolinmalari (kengashlar, fakultetlar, kafedralar va x.k.) bilan xamkorlikda bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarning uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek uch yillik majburiy ishlab berish shartini otayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pogonalaridan kotarilishiga komaklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chikish va amalga oshirish.

Bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha bitiruvchilarni ishga taksimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mexnat faoliyati natijalari boyicha oliy talim muassasasining ichki xisobotini yuritish va tashkil etish, marketing, monitoring va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bolimining yillik hisobotini tayyorlash.

 

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz