Xorijiy talabalarning o'qishi
Asosiy / Xorijiy talabalarning o'qishi
  • TATU Urganch filialida xorijlik talabalar uchun oʼqish jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:

     

    • Filialda oʼquv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi;
    • Oʼquv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda tahsil olinishiga koʼra o'zgarishi mumkin;
    • Bakalavriatura bosqichi kunduzgi shaklida - 4 yil, sirtqi shaklida - 5 yil  Magistratura bosqichi – 2 yil davom etadi.

    Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun, iltimos filialning Xalqaro hamkorlik boʼlimiga murojaat qiling (e-mail: international.department@ubtuit.uz, tel.: +99895 606 61 34).

    Filialga xorijiy talabalarni oʼqishga qabul qilish uchun zarur hujjatlar 

    Filial Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi № PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan meʼyoriy hujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz oʼqishga qabul qiladi.        

    Chet el fuqarolari universitetning Xalqaro aloqalar boʼlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

    • filialda oʼqish uchun ariza(Online ariza topshirish bo'limiga o'tish);
    • tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringiz soʼraladi;
    • bakalavriatura bosqichiga: oʼrta yoki oʼrta maxsus taʼlimi diplomi/shahodatnomasi (sertifikat)
    • magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan hujjat;
    • Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki oʼzbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;
    • Skaner shaklidagi fuqarolik pasporti yoki Oʼzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport.

    Turar joy uchun roʼyxatdan oʼtish hamda viza olish jarayoni

    Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtkazish oliy taʼlim muassasalarining Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan oʼzaro kelishuvi asosida Oʼzbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning oʼz davlatida joylashgan Oʼzbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan taqdim qilinishi mumkin.

     

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz