Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch Filiali

Filial tarkibida ikkita "Kompyuter injiniringi" va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Kompyuter injiniringi fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Axborot xavfsizligi va taʼlim texnologiyalari", "Tabiiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy fanlar" kafedralari, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralari mavjud boʼlib, ularda 84 nafar professor-oʼqituvchilar talabalarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.