Mehnat muhofazasi va fuqoralarni himoya qilish bo‘limi:
Mehnat muhofazasi va fuqoralarni himoya qilish bo‘limi:
Jumaniyozov Boburbek Umidbek o'g'li
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: (+998 99) 969-19-94


Mehnat muhofazasi muhandisi haqida


        Mehnat muhofazasi muhandisi (MM) filialda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishni, MM bo‘yicha qonunlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi atrof muhit tozaligiga rioya qilinishini nazorat qiladi hamda bu yo‘nalishda tadbirlar olib boriladi.O‘quv laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena holati, ulardagi qurilmalarning himoya vositalarining sozligini tekshirib boradi. 
Xavfsiz mexnat va dam olish uchun yaratilishi bo‘yicha chora –tadbirlar ishlab chiqadi.

        MM bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar va maxsus kiyim–kechaklar va shaxsiy himoya vositalarini sotib olish uchun sarf-harajatlar smetasi vaqtida o‘tkazishini nazarot qiladi. Xavfsiz mehnat va standartlarini bajarilishi bo‘yicha Davlat nazorat tashkilotlarini bajarilishini ta’minlaydi.

       Korxonada yuz bergan baxtsiz hodisalarning sababini o‘rganishda ishtirok etadi.Kasb kasalliklari va ularni oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi va oldini olishni ta’minlaydi. Turli ko‘rgazmali vositalar yordamida suhbatlar o‘tkazish yo‘li bilan MM bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha reja tuzadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Bino tomlariga yong‘inga qarshi ishlov berish;
  • Yong‘in haqida xabar beruvchi moslamalarni o‘rnatish;
  • O‘t-o‘chirish qurollarini xarid qilish;
  • Yong‘in sodir bo‘lgan holda aholi va mulkni olib chiqish rejasi;
  • Eskirgan o‘t o‘chirish moslamalarini qayta to‘ldirish;
  • Filial hududidagi chiqindilarini vaqtida olib chiqish;
  • Ruxsat berilmagan elektr qurilmalaridan foydalanmaslik;
  • Elektr simlarini, o‘chirib-yoqgichlar, tarqatish korobkalarini tekshirish;
  • Vaqtinchalik elektr o‘tkazgichlarni doimiysiga almashtirish;
  • Ixtiyoriy o‘t o‘chirish guruhini tashkil etish;
  • Filial bino va qo‘shimcha xonalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxslarni tayinlash;
  • O‘quv laboratoriyalarida talabalar uchun texnika xavfsizligi bo‘yicha jurnallar olib borish;
  • Talabalar qurilish guruhlari a’zolari uchun AH va MM bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;
  • Kuchli yer qimirlashi yoki yong‘in sodir bo‘lgan hollarda insonlarni binodan reja asosida olib chiqishni ta’minlash.