Tabiiy fanlar kafedrasi
Asosiy / Fakultetlar /Tabiiy fanlar kafedrasi
Kafedra mudiri:
Mamedov Qudrat Allomovich
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-18:00 gacha)
Telefon: +998 99 564-63-45

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi 2005 yil tashkil qilingan.

2008 yilda “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi bazasida 2 ta kafedra tashkil qilindi  “Tabiiy va umumkasbiy fanlar”  kafedrasi va “Informatika va matematika” kafedrasi. 2013 yil 31 dekabrda TATU UF direktori, t.f.d., professor A.X. Nishanovning 382-sonli buyrug’iga asosan “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi negizida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi tashkil qilindi. 2017 yil 29 avgustdan boshlab kafedrani f.-m.f.n. Mamedov Q.A. boshqarib kelmoqda. O'qituvchilar tarkibini to'ldirish maqsadida 2018 yil 3 sentyabrda dunyoning eng yaxshi 1000 ta universitetlaridan biri bo'lgan Santyago de Kompostela Universitetida (Ispaniya) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan N.B.Jumaniyozov ishga qabul qilindi.Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy maktabni shakllantirish maqsadida 2019 yil 23 avgustda katta pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo'lgan fizika-matematika fanlari doktori A.B.Yaxshimuratov ishga qabul qilindi.

2020-21 o’quv yili boshida kafedra nomi “Tabiiy fanlar” deb  o‘zgartirildi va. kafedrada 10 nafar professor-o’qituvchi va o’rindoshlik asosida 2 nafar professor-o’qituvchi ish faoliyatini boshladi.Kafedra professor-o’qituvchilari tоmоnidan o’quv jarayonini yaxshilash maqsadida bir nechta o’quv va uslubiy qo’llanmalari yaratilgan.TATU Urganch filialida talabalarning chuqur bilimga ega bo’lishini, o’quv jarayoni samaradоrligini оshirish maqsadida, barcha kоmpyuterlar internet tarmоg’iga ulangan va talabalar bo’sh paytlarida kоmpyuterlardan fоydalanish imkоniyatiga ega.Hozirgi davrda kafedra o’qituvchilari o’quv rejasidagi fanlardan chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, virtual laboratoriya ishlarini yaratishni, internet tizimiga ulangan maxsus multimediya sinfida olib borishni amalga oshirmoqdalar.Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘yicha tо‘garaklar tashkil qilingan, “Yosh fiziklar” tо‘garagini kafedra dotsenti D.Saidov va K.Bobojanovlar olib bormoqdalar, “Yosh matematiklar” tо‘garagini kafedra assistenti F.Masharipovalar olib bormoqdalar. 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Hisob

Fizika1

Fizika2

Chiziqli algebra

Differensial tenglamalar

Diskret tuzilmalar

Ehtimollik va statistika.

Kafedra professor-o’qituvchilari:

 
Yaxshimuratov Alisher  Bekchanovich
Mutaxasislik: Chiziqli algebra, Differintsial tenglama
Telefon: +99899-564-70-49
E-mail: -
 
Jumaniyazov Nizomjon Baxtiyorovich
Mutaxasislik: Tizimlar va signallarni qayta ishlash, Signallarga raqamli ishlov berish
Telefon: +99897-511-45-39
E-mail: nizomjon.jumaniyazov@ubtuit.uz
 
Saidov Dilmurod Shamuratovich
Mutaxasislik: Fizika.
Telefon: +99899-966-66-19
E-mail: dilmurod.saidov@ubtuit.uz
 
 
 
Bobojonov Komiljon Abdusharipovich
Mutaxasislik: Fizika
Telefon: +99897-211-86-68
E-mail: bobojonovkomiljon@ubtuit.uz
 
O'razmetova Shoira Azatboyevna
Mutaxasislik: Chiziqli algebra ehtimollar va statistika.
Telefon: +99897-362-37-84
E-mail: shoira.urazmetova@ubtuit.uz
 
Masharipova Fazilat Axmedovna 
Mutaxasislik: Chiziqli algebra ehtimollar va statistika.
Telefon: +99893-705-54-45
E-mail: fazilat.masharipova@ubtuit.uz
 
Rajabov Alisher Erkaboevich
Mutaxasislik: Fizika.
Telefon: +99891-913-83-16
E-mail: alisher.rajapov@ubtuit.uz
 

Kafedraning ilmiy – tadqiqot faoliyatini ustivor yо‘nalishlari.

О‘quv yili davomida kafedrada ikkita yо‘nalish bо‘yicha ilmiy ish olib borilmoqda:

1.    Diferensial tenglamalar va matematik fizika.

2.    Tabiiy jarayonlarini modellashtirish.

3.    Oliy matematika fanining dolzarb masalalari.

          Davlat ilmiy – texnika dasturlari doirasida kafedrada 2017-2020 yillarga mо‘ljallangan 100 mln sо‘mlik 4 yillik “Kremniy va kremniy-germaniy qattiq qotishmalarda ikkilamchi nuqsonlarning hosil bо‘lishini tadqiq etish”  mavzusida BF-4-016 raqamli fundamental (grant rahbari f.-m.f.n. Saidov D.SH.) ilmiy – tadqiqot ishlari bajarildi.

Kafedra professori f.-m.f.d. Yaxshimuratov A. ilmiy rahbarligida “Grafda berilgan Dirak operatori uchun teskari spektral masalalar” mavzusida grant loyihasini yozish va  tanlovga taqdim qilish kafedra ilmiy tadqiqot rejasiga kiritilib, hozirgi kunda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedra dotsenti Jumaniyazov N. AQSH Davlat Departamenti va О‘zbekistondagi AQSH elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan, О‘zbekistondagi Xalqaro ta’lim bо‘yicha Amerika Kengashlari tomonidan о‘tkazilgan AQSH OTMlarida 4-oylik malaka oshirish bо‘yicha stipendiyalar dasturi g‘olibi bо‘lib, AQShning Vashington shtati Spokan shahrida joylashgan Gonzaga universitetida 2020 yilning 11-yanvaridan 20-mayigacha malaka oshirdi. 2021 yilda kafedra dotsenti Jumaniyazov Nizomjon “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali horijda stajirovka о‘tash va malaka oshirish dasturlarida faol ishtirok  qilib, horijda stajirovka о‘tash huquqini qо‘lga kiritdi. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘yicha tо‘garaklar tashkil qilingan, “Yosh fiziklar” tо‘garagini kafedra dotsenti D.Saidov va K.Bobojanovlar olib bormoqdalar, “Yosh matematiklar” tо‘garagini kafedra assistenti F.Masharipovalar olib bormoqdalar.

Kafedra manzili: TATU Urganch filiali, 2-qavat, 203, 213-xonalar.

 

 

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz