O'quv-uslubiy bo'limi boshlig‘i:
O'quv-uslubiy bo'limi boshlig‘i:
Otamuratov Sanjarbek Shonazarovich
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-18:00 gacha)
Telefon: (0 362)224-61-32


      O‘quv-uslubiy bo’lim - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

     O‘quv-uslubiy bo’lim universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

        O‘quv-uslubiy bo’lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-uslubiy bo’limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
  • Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Universitetdagi barcha fakultetlarda bakalavriatura va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Universitetda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;

O‘quv-uslubiy bo’limda boshliq, uslubchi, ish yurituvchi va dispetcherlar faoliyat olib boradi.