
Bo’limning asosiy vazifalari
- filialda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini filial miqiyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
- filialda korrupsiyaga qarshi kurash “Kopmplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
- filialda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yo’nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- filialda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
- filialda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;