
Umumiy ma`lumot
Filial Axborot-resurs markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taminlashni tashkil etish to’g’risida”gi 2006 yil 20 iyun 381-sonli qarori, filal direktorining 2006 yil 5 iyuldagi № 71-sonli buyrug’iga asosan tashkil qilingan.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 1430 kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko`rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o`qituvchilar tarkibi, xodimlari. ARM elektron ma`lumotlardan iborat.
Kutubxona fondi bugungi kunda 9007 ming nusxa atrofida bo`lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 50% o`quv adabiyotlar28% - ilmiy, 22% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 700ta ga yaqin kitob oladi, 8 nomli jurnallar va 15 nomli gazetalarga obuna bo`ladi.
Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:
- yangi adabiyotlar ko`rgazmalari o`tkaziladi;
- har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
Bizning kitobxonlarga:
- kutubxonaning kitob fondiga an`anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli)
- aloqa bo`yicha maqolalarning tizimli kartotekalari
- Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo`yicha mavzuli kartotekalari bo`yicha keng ma`lumot apparati mavjud.
Hozirgi kunda ARM 1965 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatadi,shulardan ta bakalavriat va 10 ta magistratura bosqichi talabalari,60 ta professor-o`qituvchilar, 108 ta universitet xodimlari iborat.
ARM ning umumiy fondi 3113 nomda 9007 nusxadan bo`lib, ulardan:
- ilmiy adabiyotlar 807 nom/2414 nusxa;
- darsliklar 364 nom/ 1606 nusxa;
- o`quv qo`llanmalar 558 nom/ 2401 nusxa;
- badiiy adabiyotlar 257 nom/ 764 nusxani tashkil etadi
Elektron hujjatlar fondi 10955 nomda bo`lib, shulardan:
- elektron darsliklar 3500,
- elektron o`quv qo`llanmalr 3642,
- elektron ilmiy adabiyotlat 1711,
- elektron siyosiy adabiyotlar, 1562
- elektron badiiy adabiyotlar, 540