Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Asosiy / Fakultetlar /Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Kafedra mudiri:
Xajiyeva Iroda Adambayevna
Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (14:00-16:00)
Telefon: +998 90 648-18-35

Kafedra 2005-yilda “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” nomi bilan tashkil etildi. Kafedraga dastlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Xalliyeva mudir etib tayinlangan va 2010-yilgacha faoliyat olib borgan. 2011-yilning 1-fevralidan f.f.n., Xajiyeva Iroda Adambayevna rahbarlik qilmoqda. O’tgan davr mobaynida kafedrada 20 ga yaqin professor-o’qituvchilar, jumladan 6 nafar fan nomzodlari, dotsentlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar. Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra a’zolaridan 3 nafari fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2013-yildan kafedraning nomi “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarzida o’zgartirilgan. Hozirda kafedrada 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar katta o’qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar multimedia tizimlaridan foydalangan holda olib boriladi. Fanlar bo’yicha elektron-o’quv resurslar, o’quv-uslubiy majmualar talab darajasida yaratilgan. Kafedra a’zolari o’quv mashg’ulotlarini yangi pedagogik va axborot  texnologiyalar asosida olib borishadi.

Hozirgacha kafedra a’zolarining 100 dan ortiq ilmiy (jumladan, Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalanadigan xorijiy ilmiy jurnallarda 10 ga yaqin) va 10 dan ortiq uslubiy ishlari e’lon qilingan bo’lib, ulardan o’quv jarayonlarida, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, kafedraning tajribali o’qituvchilari tomonidan o’quv qo’llamna va darsliklar yaratish yo’lga qo’yilgan.

Kafedrada respublikadagi ilmiy va o’quv markazlari bilan aloqalar o’rnatilgan. Kafedradagi yosh o’qituvchilar gumanitar (filologiya, tarix, ma’naviyat) yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Akademik yozuv;

Xorijiy til;
O’zbekistonning eng yangi tarixi;
Pedagogika. Psixologiya;
Jismoniy tarbiya;
Boshqaruv tamoyillari

Fan dasturlari:

Akademik yozuv;

Xorijiy til;
O’zbekistonning eng yangi tarixi;
Pedagogika. Psixologiya;
Jismoniy tarbiya;
Boshqaruv tamoyillari

Kafedra professor-o'qituvchilari:

Asosiy shtatda:

 

  1. Xajiyeva Iroda Adambayevna             -kafedra mudiri
  2. Abdullayeva Shohidaxon Davronbekovna-     dotsent
  3. Matyazova Nilufar Sabirovna              -dotsent
  4. Jumaniyazov Fazliddin Bobojonovich  -dotsent
  5. Xujaniyazova Guzal Yuldashevna       -katta oʻqituvchi
  6. Adambayeva Feruza Rustambekovna -katta oʻqituvchi
  7. Sapayeva Feruza Norboyevna           -katta oʻqituvchi
  8. To‘liyeva Zulayxo Quranbayevna        -assistent
  9. Ismoilova Onagul Ibrahimovna           -stajyor-oʻqituvchi

Kafedra manzili: TATU Urganch filiali binosi, 2-qavat, 210-xona.

 

 

 

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz