Sirtqi bo'lim
Sirtqi bo'lim
Hamid Xusinov
Qabul vaqti: Dushanba – Juma (9:00-17:00 gacha)
Telefon: (+998 99) 212-61-32


SIRTQI  TA’LIMGA QABUL TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sirtqi ta’lim 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi shakllarida olib boriladi.

Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston  Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 12-son bayoni bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suxbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi”ga muvofiq, tavsiyanomaga ega fuqarolarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-son qaroriga muvofiq universitetda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 10 ta yo‘nalishda kvotalar ajratildi.

Hozirgi kunda filialning sirtqi ta’limida quyidagi yo‘nalishlarda qabul amalga oshiriladi:

60610500 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”);

60611000– Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”);

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga o‘qishga qabul qilish:

Universitet sirtqi ta’limiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Sirtqi shaklga - umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar qabul qilinadi. (Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi);

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorlarni sirtqi shaklga qabul qilish - O‘zbekiston  Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan tavsiyanoma beradigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining ikki barobari) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. (Suhbat komissiyasi universitet tomonidan tashkil etiladi).

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakliga - oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy ta’lim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi. (Kirish sinovlari tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda universitet tomonidan tashkil etiladi).

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish muddatlari:

Sirtqi shaklda - 5 yil;

Suhbat asosidagi sirtqi shaklda - 5 yil;

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda - kamida 4 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining  2-kursidan boshlanadi.

2021-2022 o‘quv yilida Sirtqi ta’limda to‘lov kontrakt miqdorlari:

Kuzgi semestr ni qayta o'qishi haqida 165-sonli buyruq (27.04.2022y)

2021-2022 o'quv yiliga o'quv jarayoni

Qayta o'qish grafiki (16.05.2022 - 21.05.2022)

Yakuniy nazoratlar grafiki (23.05.2022 - 28.05.2022)

Sirtqi ta'limga qabul to'g'risida ma'lumot

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz