Xorijiy talabalar xavfsizligi
Asosiy / Xorijiy talabalar xavfsizligi
  • Talabalar turar joyiga kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do‘stlar va boshqalar yotoqxona mudiri yoki pedagog-tarbiyachi ruxsati bilan kirish-chiqishiga ruxsat beriladi. Chetdan kelganlar haqida ma’lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami ko‘rsatilgan holda) qaydnoma daftariga yozib qo‘yiladi va ularning TTJdan soat 20:00 gacha chiqib-ketishi qat’iy nazorat ostiga olinadi. Talabalar turar joyi qorovuli tashqi va ichki telefon tarmog‘i bilan ta’minlangan. Uning stolida tez yordam, militsiya, yong‘in xavfsizligi, rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda elektr tarmoqlarining telefon raqamlari mavjud. Talabalar turar joyining barcha qavatlarida 8 ta hamda xududlarida 5 kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz