Xalqaro konferensiyalar
Asosiy / Xalqaro konferensiyalar
  • Axborot texnologiyalari, tarmoqlari va telekommunikatsiyalar” ITN&T-2023

    XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

    Sizni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali tomonidan 2023 yil 05-06 may kunlari tashkil qiliniyotgan "Axborot texnologiyalari, tarmoqlari va telekommunikatsiyalar – ITN&T-2023" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz.

    Rasmiy xorijiy hamkorlar:

    1.     Novosibirsk davlat texnika universiteti;

    2.     Uzoq Sharq federal universiteti;

    3.     Novosibirsk davlat universitetining umumiy informatika kafedrasi va matematik modellashtirish kafedrasi.

    4.     Lobachevskiy nomidagi Nijegorodsk davlat universiteti

    5.   Novosibirsk davlat iqtisodiyot va boshqaruv universiteti 

    Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha materiallar taqdim etish mumkin:

    1. Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dolzarb muammolari va echimlari.

    2. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy tendentsiyalari va dolzarb muammolari.

    3. It texnologiyalari, katta ma'lumotlar va ularni qayta ishlash uchun mashinalarni o'rganish texnologiyalari.

    4. Axborot xavfsizligini ta'minlashning zamonaviy muammolari va echimlari.

    5. Ta'limdagi zamonaviy axborot texnologiyalari.

    Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

    Materiallar (maqola, tezislar) qabul qilish muddati: 2023-yilning 10-aprelgacha qadar http://asmir.us/uzmu veb-sahifasi orqali qabul qilinadi va OJS platformasida (www.myscience.uz) elektron ko’rinishda 2023-yil 10-maygacha nashr etiladi. Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega. Matnda keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflar javobgardir. Talabga javob bermaydigan materiallar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi.

    Konferensiya materiallariga DOI beriladi va Google Scholarda indekslanadi va anjuman ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

    To‘lov badali: 150.000 so‘m.

    To'lov muddati: 2023 yil 15 aprel. To'lovni to'lamagan ishtirokchilar konferentsiya dasturiga kiritilmaydi.

    Anjumanda ishtirok etish shakli: Anjuman an’anaviy shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil qilinadi. Xorijlik mutaxassislar va viloyatlardagi ishtirokchilarning ma’ruzalari onlayn tarzda tinglanadi. Onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali (ZOOM platformasi) ulanishingiz mumkin:

     Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar: Maqolalar 4-5 bet bo‘lishi talab etiladi. Maqola matni doc. formatida, satrlar oralig‘i 1,15 intervalda, Times New Roman 12 kegl shriftida tayyorlanadi. Maqola sarlavhasi, annotatsiyasi (100-150 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlari maqola berilayotgan tilda va ingliz tilida beriladi. Muallifning familiyasi, ismi va sharifi maqola sarlavhasidan keyin keltiriladi, (*) havolasi ostida ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatiladi.

    Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: manba havolasi katta qavs ichida, muallif familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi. Masalan: [Ne`matov, 2005; 56].

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida matn so‘ngida beriladi. Adabiyotlar soni 5 tadan kam bo‘lmasligi lozim.

     NAMUNA

     

    MATN PERSEPSIYASIDA ABZASNING O`RNI

     

    THE PLACE OF THE PARAGRAPH IN THE PERCEPTION OF THE TEXT

    Nargiza Qobilova

    Annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.

    Keywords: (5-7 ta so‘z). Keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords.

    Аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация,

    Ключевые слова: Ключевые слова, Ключевые слова, Ключевые слова.

    (Annotatsiya va kalit so`zlar ingliz va rus tilida bo`lishi shart!!!)

    Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Akramov, 1997: 3]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Kormushin, 1997: 200].

     Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Бозоров О. 1997, Ўзбек тилида даражаланиш, Тошкент, 128 б.

    2. Kurbanova M, Yuldashev M. 2014. Matn tilshunosligi. Toshkent, 154 b.

    3.Лингвистический энциклопедический словарь, 1990. Мoсква “Советская энциклопедия” 688 с.

    4. Nurmonov A., 2002.O‘zbek tilshunosligi tarixi. Toshkent, ” O‘zbekiston”. 32-b.3.

    5. Sayfullayeva R. Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. 2009. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent., Fan va texnologiya, -B 414.

     

    Murojaat uchun tashkiliy qo’mita: 220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko'chasi, 110-uy

    Ma’sul: Mengliyev Davlatyor Baxtiyarovich

    Tel: +998 93 751-16-16

     

     

    ISSUE TUIT

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz