Xalqaro loyihalar va grantlar
Asosiy / Xalqaro loyihalar va grantlar
  • INMACOM  loyihasi

    inmacom logo

    ERASMUS+ dasturining ERASMUS-EDU-2022-101083224-raqamli INMACOM – (Innovative master’s program in photonics and optical communications to meet the needs of the telecommunications labor market in Uzbekistan) loyihasining asosiy maqsadi O‘zbekiston telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa bo‘yicha innovatsion magistrlik dasturini yaratish hisoblanadi.

    Loyiha 2023-2026-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 655 ming yevroni tashkil qiladi. Loyiha asosiy koordinatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bo‘lib, asosiy hamkorlar esa Belgiyadan 2 ta universitet, Italiyadan 1 ta universitet va O‘zbekistondan 8 ta universitet va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirililadi.

    I2-PLEDGE loyihasi

    i2pledge

    2-PLEDGE-(Innovative and interdisciplinary Programmes in Bio-medical Engineering to Leverage and Exploit the Digital Growth programme for student's employability in UZ) loyihasi O‘zbekistonda talabalarning ish bilan taʼminlanishi uchun raqamli oʻsish dasturidan  foydalangan holda biotibbiyot muhandisligi boʻyicha innovatsion va fanlararo dasturlar yaratishga qaratilgan.

    Loyiha koordinatori Italiyaning L'AQUILA universiteti jamoasi bo'lib, ushbu loyiha Gretsiyaning Shimoliy Makedoniya universiteti, Epimorffotiki Kilkis markazi, O'zbekistondan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Tibbiyot texnikalariga xizmat ko`rsatish o'quv-ishlab chiqarish markazlari bilan hamkorlikda 2023-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrgacha davom etishi belgilangan.

    Loyihaning umumiy qiymati 358 ming yevroni tashkil qiladi.

    AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Fulbrayt English Teaching Assistantship granti

    2022-yil 13-sentyabrdan 2023-yil 31-iyulgacha Fulbrayt English Teaching Assistantship dasturi mutaxassisi Ottilie Marie Cooper Ohm filialda ingliz tili o‘qitish mutaxassisi sifatida jalb qilindi. Ottilie Marie Cooper hozirda ingliz tili o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ingliz tili darslarini olib bormoqda. Shuningdek, filial professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun speaking clublar tashkil qilingan.

    AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Fulbright Specialist Program dasturi granti

    Grant asosida AQShning Saint Cloud University Axborot texnologiyalari va Kompyuter injiniringi kafedrasi faxriy professori Amos Omotayo Olagunju 2022 yil 3-maydan 3-iyungacha “Dasturiy injiniring” kafedrasi xorijiy professor o‘qituvchisi sifatida jalb qilindi. 2022 yil 5 maydan 2022 yil 3-iyungacha filial tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ingliz tili guruhi talabalari uchun “Dasturiy injiniringga kirish” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Shuningdek, filial kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, magistrantlar uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy maqolalar yozish, o‘quv rejalarini takomillashtirish mavzularida master-klasslar, seminar-treninglar tashkil qilindi.    

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Germaniyaning Oldenburg universiteti bilan hamkorlikda quyidagi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.:

    Smart Modeling   

     O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi moliyalashtirishning 1/3 qismi va Germaniyaning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federal vazirligi 2/3 qismi miqdorida moliyalashtiradi. TATU Urganch filiali uchun grant miqdori 30 000 yevro.

       Loyihaning maqsadi zamonaviy dasturiy ta`minotni ishlab chiqish va Internetdan foydalangan holda (IoT) ilovalarni (ya`ni "aqlli x" - "aqlli uy", "aqlli shahar", "aqlli mashina", "aqlli tarmoq" va boshqalar) ishlab chiqishga qaratilgan.

       2019 y. 22-28 iyun kunlari TATU Urganch filialida loyiha doirasida vorkshop bo`lib o`tdi. bundan asosiy ko`zlangan maqsad: Germaniya va O`zbekiston o`rtasida ilmiy texnikaviy xamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu dastur TATU va Oldenburg universitetining dasturiy injiniring guruxi hamkorligi doirasidagi loyiha bo`lib, ushbu hamkor oliygohlar orasida tajriba almashinuvi nazarda tutilgan.

    SuMoCoS    

    Aqlli shaharlar kontekstida barqarorlik va mobillik (2019), Germaniyaning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federal vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan, TATU Urganch filiali uchun grant miqdori 20 000 yevro.

       Ushbu loyiha aqlli shaharlar kontekstida dasturiy ta`minot dasturlari va platformalarini ishlab chiqish va qo`llab-quvvatlashning ilmiy va texnologik asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan.

       Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ishtirokchilar o`rtasida bilim almashishni maqsad qilib olgan. Loyiha doirasida Toshkentda 2019 y. 7-12 oktabr kunlari “Smart city” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkazildi.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz