UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy qo‘mitaning Xorazm viloyati boshqarmasi


Tadbir!

Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida 4-sektor boshlig‘i M.Abdolniyozov boshchiligida “Temir daftar” va “Yoshlar daftar”ida qayd etilgan oilalarga, shuningdek, “Ayollar daftar”iga kiritilgan ayollarga tikuv mashinalari va parrandachilikni rivojlantirishda muhim texnika hisoblangan inkubator mashinalar topshirildi.

Ushbu tadbirda Xorazm viloyati Davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Z.Abdukarimov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonlarida ilk marotaba saylovchi bo‘lib ishtirok etayotgan yoshlarimiz ham TATU Urganch filialidagi 49-saylov uchastkasi faoliyati bilan tanishib, ushbu muhim-siyosiy saylov jarayonlarida qay yo‘sinda ishtirok etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

TATU Urganch filiali

Axborot xizmati

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz