UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Tyutorlar uchun o'quv seminari


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘tkir Karimovich Matyakubov  va filial Xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Xudoyberganovalar ishtirokida filial tyutorlari uchun o’quv seminar bo’lib o’tdi.

Oʻquv seminarda tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va mas’uliyati, dekan o‘rinbosarining talaba-yoshlar bilan ishlashda tyutorlar bilan hamkorligi, din niqobidagi ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olish chora-tadbirlari,  OTMlarda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda tyutorlarning vazifalari haqida maʼruza qilindi. Shuningdek, tyutorlik faoliyatini tashkil etishdagi tajribalar va muhim jihatlar muhokama qilindi.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz