UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / TechBika loyihasining birinchi o`quv kursi yakunlandi


Joriy yilning 29 aprel sanasida  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining  majlislar zalida TechBika loyihasining Kompyuter savodxonligi bo'yicha birinchi o'quv kursini  yakunlanish marosimi o'tkazildi.                                                       

Tadbirda TechBika loyihasida  Xorazm viloyatining  13 ta tuman bo'ylab tahsil olgan 350 nafar xotin-qizlarning barchasi sertifikat bilan taqdirlandilar.

O'quv jarayoni davomida o'z iqtidorini namoyon qilgan ayol-qizlarga vazirlikning qimmatbaho sovg'alari topshirildi.                                                                                                             

Tadbirning  ochilish so'zi Xorazm viloyati Mahalla va oilani  qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'ining birinchi orinbosari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati xududiy boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Madrimov Madrahimga berildi. Ular so'zlarining davomida qizlarimizni yutiqlari bilan tabrikladilar va kelgusidagi ishlariga zafarlar tiladilar.                                                             

Shuningdek, tadbirda TechBika loyihasi rahbari S.Palvanova hamda Tashkent IT Parkdan tashrif buyurgan vakillar Qo'chqarov Abdulahad va Rajabov Jahongirlar o'z  nutqlari bilan tadbirda faol qatnashdilar va sertifikat egalariga ezgu tilaklarni bildirdilar.

TATU UF Axborot xizmati

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz