UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / TATU Urganch filialiga Hadid Khazanah LLC vakillari tashrif buyurishdi.


        24  dekabr  sanasida Muhammad  al-Xorazmiy  nomidagi Toshkent axborot texnoliyalari  universiteti  Urganch  filialiga  Malayziyaning  yirik  sarmoyadorlaridan  biri "Hadid Khazanah LLC"  IT kompaniyasining direktori  Van Suxaimi  hamda O`zbekistondagi vakillari tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida  Van Suxaimi  filial professor-o`qituvchilari hamda talabalari bilan ochiq muloqot o`tkazdi.  Van Suxaimining  ta'kidlashicha, bugungi  muloqotdan asosiy maqsad Malayziyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investisiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga va shu bilan  birga  O`zbekistonning yosh dasturchi kadrlari bilan mehnat hamkorligini o`rnatishga qaratilgan. "O`zbekiston Malayziya  bilan strategik sheriklik munosabatlari ruhida har tomonlama o`zaro manfaatli va samarali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi", - "Hadid Khazanah LLC"  IT kompaniyasining direktori  Van Suxaimi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O`zbekiston va Malayziya o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa'y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv judayam qiziqarli va ko`tarinki ruhda o`tdi. Talabalar barcha savollariga javob oldilar

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz