UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Talabalar tyutor bilan birgalikda ziyoratga borishdi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Kompyuter injineringi fakulteti 951-19  guruh talabalari guruh tyutori Hurmatbek Otamuratov bilan birgalikda 8-may kuni Sulton Uvays bobo ziyoratgohiga borishdi.  Beruniy (Qoraqalpogʻiston) tumanidagi meʼmoriy yodgorlik 17—19-asrlarga tegishli. Sulton Uvays (asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Murod) Yamanning Qaran qishlogʻi Murodiy qabilasida (mil. 625 yilda) tug'ilgan. Hazrati Ali va Muoviya askarlari oʻrtasidagi Siffin jangi (657 y.)da 32 yoshida shahid boʻlgan. Suriyaning Sofa qishlogʻida dafn etilgan. Sulton Uvays hadislar yigʻish bilan shugʻullangan (7-asr 1-yarmi). Uning izdosh muxlislari 17-asrda ramziy qabr (Shohabbos hozirgi Beruniyda) va ziyoratgoh bunyod etishgan.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz