UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Rahbar ayol imidjini yaratish” nomli uchrashuv


20-fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Xotin-qizlar masalalari bo'yicha direktor maslahatchisi S.Otajonova tashabbusi bilan talaba-qizlar uchun “Rahbar ayol imidjini yaratish” nomli uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuvga mehmon bo’lib kelgan “O’zbektelekom” AR Xorazm filiali Gurlan tuman telekommunikatsiya bog’lamasi boshlig’i, 2019 yildan buyon Gurlan tuman kengashi 

12-Amudaryo saylov okrugi deputati, 2022-yilda “Shuxrat” medali davlat mukofoti sohibasi Muqaddas Matmuratova va talaba-qizlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

 

Uchrashuvda mehmonimiz tomonidan o'z hayot yo’li, ayol kishilar barcha sohalarda o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatayotganliklari, yirik kompaniyalarda mehnat qilayotganliklari, o‘zbeklarning salohiyatini namoyish qilib kelayotgan ayol qizlarimiz to’g’risida gapirib o’tildi.Talaba-qizlarimiz o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz