UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi Germaniyalik Karsten Xayns tashrif buyurdi


    Bugun  8 yanvar sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot  texnologiyalari universiteti Urganch filialiga  O`zbekiston  Respublikasi  Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi Germaniyalik  Karsten Xayns tashrif buyurdi .
Tashrif doirasida Karsten Xayns  filialning professor-o`qituvchilari  hamda  yuqori bosqich talabalari bilan uchrashdi  va ochiq muloqot o`tkazdi. Muloqot  "Smart city" ya'ni aqlli shahar mavzusiga  qaratildi hamda xozirgi davrda sun'iy intellektning rivojlanib borayotganligi, yuqori darajadagi internet  tezligiga erishish,  xalqaro grantlarni jalb qilish, filial faoliyati marketinggi va reklamalashtirish, ilmiy tadqiqot va loyihalarni kuchaytirish, kadrlarning malaka va ko`nikmalarini oshirish, yozma nutqini yaxshilash  kabi mavzularga qaratildi. Endilikda Germaniyadan soha vakillarini  sheriklikda ishlashga  jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz