UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / O'zbekiston Osiyo Kubogi-2022 da 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi


Qozog‘istonning Almati shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Beket Mahmudov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Osiyo Kubogi-2022 musobaqasi yakuniga yetdi. 

Baluan Sholak nomidagi sport saroyida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz ikki kunlik murosasiz bellashuvlar natijasiga ko‘ra 11 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 29 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Qozog‘iston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etishdi. Keyingi o‘rinlardan Qirg‘iziston va Turkmaniston terma jamoalari joy olishdi.  

Shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali 951-20 guruh talabasi Masharipova Xosiyat shohsupaning 3-pog'anasini zabt etdi. Filial professor-o'qituvchilari va talabalarimiz nomidan Xosiyatxonni  chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Yutuqlar bardavom bo'laversin!

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz