UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Kampyuter injinering fakulteti tyutori B.Ishmetov boshchiligida 1-kurs talabalari Komiljon Otaniyozov uy muzeyini ekskursiya qildilar.


         Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani, Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston  (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—1956). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—1952), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. Otaniyozov Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—1975-yillarda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957-yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi Lazgi, 1957—1959 va 1963—1968-yillarda badiiy rahbari), 1973—1974-yillar Shovot tumanida Feruz ansamblini tashkil etdi.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz