UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Filialda “Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko’rik tanlovini o’tkazish rejalashtirilgan.


Tanlov bosqichlari quyidagi tartibda o’tkaziladi:

-“Eng bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida). Bunda tanlov ishtirokchilari o'rtasida test (50 ta savoldan iborat) o’tkaziladi.

-“ Annotatsiya mahorati” sharti. Bunda, ishtirokchi tomonidan "Men yoqtirgan asar" nomi ostida o’zi sevib o’qigan asar bo'yicha qisqacha ma'lumotlar - annotatsiya beriladi.

- "Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ’ib etish" sharti. Bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ'ib etish jarayoni amalga oshiriladi.

Tanlov ishtirokchilari Hay’at azolari tomonidan har bir shart bo’yicha saralab olinadi va respublika bosqichiga yo’llanmaga ega bo’ladilar. Tanlov g’oliblari filial tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

 

TATU Urganch filiali matbuot xizmati (https://t.me/UBTUIT_official)

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz