UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / DATA JURNALISTIKA BO`YICHA SEMINAR TRENING


       6 noyabrdan 8 noyabrga qadar Urganch shahridagi O`zbekiston mexmonxonasida xorazmlik jurnalistlar uchun data-jurnalistika bo`yicha trening bo`lib o`tdi.Uch kun davom etgan mazkur trening tashkilotchilari - YUNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi va O`zbekiston zamonaviy jurnalistikasini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi. Mazkur trening Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan "O`zbekiston ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilish imkoniyatlarini oshirish" nomli loyiha doirasida tashkillashtirildi. Yangi loyiha o`zbek OAVning xolis va keng qamrovli media kontentni yaratishda saloxiyatini oshirish hamda kelgusida data-jurnalistika sohasida jurnalistlarning mahorat va ko`nikmalarini o`stirishga qaratilgan. Data-jurnalistika- (data-journalism) katta xajmdagi raqamli axborot va dasturiy ta'minotning mavjudligi hisobiga jurnalistikaning yangi tarmog`i sifatida paydo bo`ldi. Ushbu ta'minot o`z navbatida ma'lumotlarni vizualizasiyalashtirilgan foydali va hikoyaga asoslangan materiallarga aylantirishda ishlatilishi mumkun. Vizualizasiyaning zamonaviy vositalari va texnologiyalari interaktiv xaritalar, grafika va xususiylashtirilgan elementlar yaratish imkonini beradi.Ushbu trening doirasida ishtirokchilar quyidagi mavzularni batafsil o`rganishadi: data-jurnalistikaga kirish, ma'lumotlarni yig`ish, saralash va tahlil qilish, gipoteza yaratish, ma'lumotlarga asoslangan materiallar yozish, shuningdek, ma'lumotlarni vizualizasiya qilish va multimedia ma'lumotlarni yaratish. Trening ishtirokchilari o`zlari ishlayotgan OAVda chop etish uchun dolzarb va qiziqarli mavzuda kontent yaratish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda ham qatnashishadi.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz