UNIVERSITETIMIZ HAQIDA
Asosiy / UNIVERSITETIMIZ HAQIDA
  • Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning chuqur bilim olishi, kasb-hunar oʼrganishi, oʼzlari tanlagan mutaxassisliklari boʼyicha oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi, iqtidorlarini keng namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda oliy taʼlim tizimida oʼquv-tarbiyaviy ishlar yanada takomillashtirilib, ilgʼor fan-texnika yutuqlari, innovatsion texnologiyalar, istiqbolli loyihalar keng tadbiq qilinmoqda.

    Zero, oʼzi tanlagan yoʼnalishi yuzasidan zamon talablariga javob bera oladigan, respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda oʼz hissasini qoʼshadigan, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak maʼnaviyatga ega boʼlgan yuqori salohiyatli, malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunda Oliy taʼlim tizimining oldida turgan asosiy maqsad hisoblanadi. Huquqlar va qonuniy manfaatlarning himoya qilinishi, sifatli taʼlim, axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlanishi, tibbiy xizmatni taʼminlash, iqtidor va tashabbuslarning qoʼllab-quvvatlanishi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridir. 2016 yilda qonun bilan mustahkamlab qoʼyilgan huquqlar oʼtgan davrda respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga koʼtardi. Jumladan, АKT sohasida mutaxassislar tayyorlashda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida ham eʼtirofga arzigulik yutuqlar qoʼlga kiritildi. 5 yillik davrning oʼsishlari raqamlarda aks etadi.

    2016 yilda oliygohda jami 650 nafar (640 nafari bakalavriat, 10 nafari esa magistratura bosqichida) talaba oʼqir edi. Hozirgi kunda esa oliygohda mavjud 6 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi, 3 ta magistratura mutaxassisliklari va 1 ta qoʼshma taʼlim dasturlarida jami 1790 nafar talabalar tahsil olmoqda. Talabalarning 1243 nafari kunduzgi taʼlim shakli bakalavriat yoʼnalishlarida, 520 nafari sirtqi taʼlim shakli bakalavriat yoʼnalishlarida, 10 nafari ikkinchi oliy taʼlim shakli bakalavriat yoʼnalishlarida va 35 nafari magistratura mutaxassisliklarida taxsil olmoqda. 

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi "2021/2022 oʼquv yilida Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʼgʼrisida"gi PQ-5157-sonli qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialiga 2021/2022 oʼquv yilida 6 ta kunduzgi taʼlim yoʼnalishlariga, 2 ta sirtqi taʼlim yoʼnalishlariga hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari tasdiqlandi. Shu qatorda bakalavriatning 6 ta kunduzgi va 2 ta sirtqi taʼlim yoʼnalishlarida rus tilida taʼlim yoʼlga qoʼyilgan. Shuni taʼkidlash joizki, 2020/2021 oʼquv yilida Muhammad Аl-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari Urganch filiali nomidagi (bakalavr hamda magistratura) taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha 180 ta qabul kvotalari ajratilgan edi, 2021/2022 oʼquv yilida bu koʼrsatkich deyarli ikki baravarga (300 ta) oshirildi. 

    2016 yilga nisbatan esa bu koʼrsatkich 650 ta boʼlganini xisobga olsak, 2021 yilgi qabul kvotalari 2,75 barobar (1790 ta) oshganligini koʼrishimiz mumkin. 

    2021/2022 oʼquv yili uchun Viloyatimizdagi kadrlarga boʼlgan extiyoj xisobga olinib 2 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʼnalishilari va 1 ta yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi.

    2016 yilda universitetda jami 1 ta fakulьtet, 6 ta kafedra, 4 ta taʼlim yoʼnalishlari va 1 ta mutaxassisliklar mavjud edi. Bugungi kunda esa bu koʼrsatkichlar sezilarli darajada oshib, 2 ta fakulьtet, 6 ta kafedra, 6 ta taʼlim yoʼnalishlari va 3 ta mutaxassisliklar mavjud e di. 

    Ilmiy salohiyatimiz 2016 yilda universitetda faoliyat koʼrsatayotgan 56 nafar professor-oʼqituvchilardan 12 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 7 nafar katta oʼqituvchilar va 37 nafarassistent oʼqituvchilardan iborat edi. 2021 yilga kelib esa 1 nafar fan doktorlari, professorlar, 22 nafar fan nomzodi, PhD, dotsentlar, 10 nafar katta oʼqituvchilar va 42 nafar assistent oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmoqda va ilmiy salohiyat 33 % ni tashkil qiladi. 

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Urganch filialining 2005-2019 yillarda qoʼlga kiritgan yutuqlari

    Xorijiy loyihalar

    Germaniyaning Oldenburg universiteti bilan hamkorlikda Smart Modeling (2018-2021), 

    Germaniyaning Oldenburg universiteti bilan hamkorlikda SuMoCoS – Аqlli shaharlar kontekstida barqarorlik va mobillik (2019), 

    Erasmus+ Credit Mobility between Partners (2019-2022) loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

    Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarini rivojlantirish qoʼmitasining hamda innovatsiya vazirligining loyihalari

    2012-2016 yillar F4-FQ-1-99987, F4-009 - "Un kombinatlarida ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarishning tezkor-dispetcherlik metodlari va algoritmlari" mavzusidagi grant. Grant byudjeti 128 629 000 soʼm.

    2017-2018 yillarda А5-FQ-1-14624, А5-012 - "Korxonaning tashkiliy va texnologik jarayonlarini boshqarishning intellektli integrallashgan ierarxik sistemaning texnikaviy, axborot-algoritmik va dasturiy mahsulotlarini yaratish (paxta, yogʼ ekstraktsiyasi zavodlari misolida)" mavzusidagi grant (ilmiy rahbari F.Yusupov). Grant byudjeti 104 422 000 soʼm.

    2017-2020 yillarda BF-4-016 “Issledovanie formirovaniya vtorichnыx radiatsionnыx defektov v kremnii i tvyordom rastvore kremniy-germaniy” mavzusidagi grant. Grant byudjeti 162 422 000 soʼm.

     Chet el oliygohlarida malaka oshirib kelgan professor-oʼqituvchilar

    Аrtiqov Muzaffar 2016 yilda Koreyaning ShunAng universiteti

    Bekimmetov Аlisher 2016 yil mart-iyunь oylarida Koreyaning Inxa universiteti

    Yusupov Ozod 2017 yil Yandeksda stajirovakada boʼldi

    Аrtikov Muzaffar 2019 yil sentyabrь – 2020 yil yanvarь Germaniyaning Oldenburg universiteti

    Shamuratova Inobat 2019 yil dekabrь – yanvarь Hindistonning Chennay universiteti

    Jumaniyazov Nizomjon 2020 yanvarь-may АQShning Gonzaga universiteti

    Chet el oliygohlarida ilmiy ishlarini amalga oshirayotganlar hamda chet elda dissertatsiya himoya qilganlar

    Kuryazov Dilshod 2019 yilda Germaniyaning Oldenburg universitetida PhD dissertatsiyasini himoya qildi

    Jumaniyazov Nizomjon 2018 yil Ispaniyaning Santьyago de Kompostela universitetida PhD dissertatsiyasini himoya qildi

    Kim Tatьyana Belorussiya Fanlar akademiyasi aspiranturasida taʼlim olmoqda

     

    Аbrarov Rinat Belorussiya Fanlar akademiyasi aspiranturasida taʼlim olmoqda

     

    Djumaniyazov Odamboy Finlyandiyaning Sharqiy Finlyandiya universitetida doktoranturada taʼlim olmoqda

     

    Xudoyberganov Temur Janubiy Koreyaning Seul texnologiyalar universiteti (Seoul Tech) da 2020 yilda PhD dissertatsiyasini himoya qildi

     

    10 nafar talabamiz Rossiyaning Novosibir davlat universiteti, Sankt-Piterburg davlat universiteti va ITMO universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Ulsan universitetida magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

     

    2019-2020- oʼquv yilida 13 nafar xorijiy talaba tahsil oldi.

     

     Stipendiatlar

     

    2016 yilda assistent O.Аllamov Respublika miqyosida oʼtkazilgan «Eng yosh mutaxassis» tanlovida «Eng faol yosh dasturchi» nominatsiyasi boʼyicha 1-oʼrinni egalladi.

     

    2015-2016 oʼquv yilida Аdilov Аzimboy «Yurt kelajagi-2015» iqtidorli yoshlar Respublika tanlovi gʼolibi 

     

    2016 yil Respublika Fan olimpiadasida Sultonov Yoʼldosh «Kompьyuter garafikasi» fanidan 1-oʼrinni egalladi

     

    Sultanov Yoʼldosh Beruniy nomli davlat stipendiyasining 2017 yil 

     

    2016 yilda Erjanov Beymamat yoshlar oʼrtasida oʼtkazilgan “Hokim stipendiyasi” tanlovida gʼolib boʼldi va Urganch shahar Hokimi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

     

    2016 yilgi Davlat stipendiyalari tanlovida «Kompьyuter injiniringi» guruhi talabasi Sultonov Yoʼldosh «Texnika va informatika» yoʼnalishi boʼyicha Beruniy nomli Davlat stipendiyasi gʼolibi 

     

    Xujamov J. Beruniy nomli davlat stipendiyasining 2017 yilgi tanlovi gʼolibi.

     

    2018 yil

     

    2018 yilda filialining talabalari Sabirov J., Boltabaev N, Davronov M. va raxbar Sadullaev N. lardan tashkil topgan komandasi ACMICPC - dunyo chempionati subregional bosqichida faxrli 1-oʼrini egalladilar.

     

    Devanova Osilxon Xurmatbek kizi 2018 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomli stipendiya sohibasi boʼldi

     

    Polvonova Sevara Baxramovna 2018 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi stipediyasiga erishdi.

     

    Mengliev Davlatyor Baxtiyorovich 2018 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi stipediyasiga erishdi.

     

    Umirzakova Melixol 2018 yil Oʼzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasi sovrindori boʼldi.

     

    Umirzakova Melixol 2018 yil Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tasis etilgan Taʼlim granti stipendiyasi sovrindori boʼldi.

     

    2018 yilda ”Informatika” boʼyicha fan olimpiadasi xududiy bosqichida 2 nafar talaba 1-oʼrinni egalladilar.

     

    2019 yil

     

    Palvanova Sevara va Raxmankulova Mashxuralar 2019 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomli stipendiya sohibi boʼldilar.

     

    “Yil talabasi-2019” tanlovida 6 ta nominatsiya boʼyicha talabalarimiz gʼoliblikni qoʼlga kiritib respublika bosqichiga tavsiyanomalar olishdi.

     

    2019 yilda Filial talabalari Davronov Murodjon, Iskandarov Islom, Аminov Shavkat hamda jamoa yetakchisi Saʼdullaev Dilshoddan iborat jamoa sport dasturlashi boʼyicha jahon chempionatining Oʼzbekiston bosqichida birinchi oʼrinni egallashdi.

     

    Talabalarimiz 2019 yil “ROBO KODERS 2019” respublika tanlovining final bosqichida 1-2-3-oʼrinlarni egallashdi.

     

    2019 yilda 1 nafar talaba Informatika va axborot texnologiyalari fani boʼyicha OTM talabalari oʼrtasida Respublika fan olimpiadasida 3-oʼrinni egalladi.

     

    Raxmonkulova Mashxura va Oʼrazalieva Shaxnozalar 2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi stipediyasiga erishdi.

     

    Polvonova Sevara Baxramovna 2019 yilda Varshava shaxrida “Biggest Conference for Women in IT & Tech in Europe” deb nomlangan konferensiyada qatnashishga yollanma oldi.

     

    Jumanazarov Mardonbek 2019 yilda sportchi talabamiz Dzyudo kurash boʼyicha viloyat bosqichida 1-oʼrinni egalladi.

     

    Qalandarov Xamza 2019 yilda Kombot aykido boʼyicha viloyat bosichida 1-oʼrinni egallab, Respublika bosqichida 2-oʼrinni egalladi.

     

    2020 yil

     

    Boltaev Nazarbek 2020 yilning may oyida TАTUSF , SАMDU, NАMDU talabalari tomonidan 6 kun davomida tashkil etilgan "Online contest"da 1 nafar talabamiz 2-oʼrinni egalladi.

     

    2020 yilda “Yil talabasi-2020” tanlovida 6 nafar talabalarimiz gʼoliblikni qoʼlga kiritib respublika bosqichiga tavsiyanomalar olishdi.

     

    Gabidullin Ruslan 2020 yilda Yengil atletika boʼyicha Toshkentda boʼlib oʼtgan Oʼzbekiston chempionatida rekord oʼrnatdi.

     

    2021 yil

     

     

     

    Himoyalar

     

     

     

    Jumaniyazov Nizomjon Baxtiyorovich PhD 2017

     

    Аllamov Oybek Turaboevich PhD 2018

     

    Palvanov Bozorboy Yusupovich PhD 2018

     

    Xoʼjaev Otabek Qadambaevich PhD 2019

     

    Xalmuratov Omonboy Oʼtamuratovich PhD 2019

     

    Setmetov Neʼmatjon Urunboevich PhD 2019

     

    Quryazov Dilshodbek Аtabaevich PhD 2019

     

    Xajieva Iroda Аdambaevna dots. 2019

     

    Matьyazova Nilufar Sabirovna PhD 2020

     

    Xudayberganov Temur Аrturovich PhD 2020

     

    2017 yil

     

    № DGU 2017 0497 - “CDSS” klinikal qaror qabul qilishni qoʼllab quvvatlash dasturi, (20.07.2017 y.) Mualliflar: Yusupov F. Xujaev O. 

     

    № DGU 2017 0495 – “Konstituttsiyani oʼrganish” – Oʼzbekiston konstituttsiyasini oʼrganish boʼyicha oʼyin koʼrinishidagi dasturiy taʼminot, Mualliflar: Xujaev O., Yusupov F. va b.

     

    “Dvigatelь obmotkasini pogʼonasimon grafigini m faza uchun qurish” dasturi EHM dasturi uchun avtorlik guvohnomasi olindi: Mualliflar: Bobojonov M., Yusupov F. ToshDTU bilan hamkorlikda.

     

    № DGU 04667 – “CDSS” – klinikal qaror qabul qilishni qoʼllab-quvvatlash dasturi, Muallif: Xoʼjaev O.

     

    № DGU 04687 – Konstitutsiyani oʼrganish – Oʼzbekiston Respublikasi konstitutsiyasini oʼrganish boʼyicha oʼyin koʼrinishidagi dasturiy taʼminot, Muallif: Xoʼjaev O.

     

    № DGU 04238 – Ease editing – Veb dasturlashni oʼrganishni boshlagan foydalanuvchilar uchun oson muharrir (S# muhitida), Muallif: Yusupova Sh.

     

    2018 yil

     

    №DGU 04687 – “Konstituttsiyani oʼrganish” – Oʼzbekiston konstituttsiyasini oʼrganish boʼyicha oʼyin koʼrinishidagi dasturiy taʼminot, Mualliflar: Xujaev O., Yusupov F. va b.

     

    №DGU 05637 – “E-cardio” kardiologiya shifoxonalari uchun axborot va qaror qabul qilishga koʼmaklashish tizimi dasturiy taʼminoti; Mualliflar: Xoʼjaev O., Аrtikov M., Ruzmetov А.

     

    №DGU 05636 – “DM API” intellektual tahlil dasturiy vositasi; Mualliflar: Xoʼjaev O., Аrtikov M., Ruzmetov А.

     

    №DGU 05828 – Baholarni hisoblash algoritmi asosida yurak kasalliklarini aniqlash uchun dastur, Muallif: Xoʼjaev O.

     

    2019 yil

     

    1. DGU06992 – Kompьyuter grafikasidan Learn Graph dasturi, Muallif: Madaminov Uktamjon Аtaxanovich

     

    2. DGU06219 – Paxta tozalash sanoati agregatlari texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoringi, Muallif: Setmetov Neʼmatjon Urinboevich

     

    2020 yil

     

    №ES-01-002726 – taʼlim sifatini baholash va tekshirish uchun test dasturiy platformasi, Muallif: Xajieva Iroda

     

    № DGU 10033 - Obʼektlarni tavsiflovchi tizimlarni shaklantiruvchi va sinflashtiruvchi dasturiy vosita. Muallif: Xoʼjaev Otabek Kadamboevich

     

    № DGU 09101 - BTS-BSC tizimi oraligʼidagi har xil turdagi aloqa liniyalari ishonchliligi. Muallif: Matyoqubov Oʼtkir Karimovich

     

    № DGU 08875 - Kuch momenti sezuvchanlikka ega boʼlgan intellektual multikoordinatali mexatron modul uchun dasturiy taʼminotyu Muallif: Raximov Temurbek Omonboevich

     

    № DGU 08432 - Uzmall - onlayn bozor uchun veb ilova. Muallif: Kuryazov Dilshod, Quchqorov Аzamat Neʼmatjon oʼgʼli, Matyakubov Marks Yaxshimurodovich

     

    № DGU 2020 1231 - HTML editor for computer graphics and web design. Muallif: Madaminov Oʼktamjon Аtaxonovich

     

    № DGU 08430 - Build Logix – qurilish korxonalari uchun hisob-kitob ishlarini monitoringini yurituvchi tizim. Muallif: Sadullaev Nodirbek Dilshodovich, Аrtikov Muzaffar Egamberganovich, Matyakubov Marks Yaxshimurodovich

     

    № DGU 07934 - FILTERATSIYA-SOIL. Muallif: Palvanov Bozorboy Yusupovich

     

    № DGU 07933 - FILTER-SEPAR 3.2. Muallif: Palvanov Bozorboy Yusupovich

     

    № DGU 07711 - Elektron hukumat ilovalari uchun veb xizmatni qoʼllab-quvvatlash moduli. Samandarov Bunyod Gʼayratovich

     

    2021 yil

     

    № DGU 10744 - Ikki oʼlchovlik stantsionar issiqlik tarqatish masalalarini chekli elementar usulda olingan sonli hujjatlarni vizuallashtirish dasturi. Muallif: Sapaev Shixnazar Omon oʼgʼli

     

     

     

    Turli tanlovlar gʼoliblari boʼlgan professor-oʼqituvchilar

     

     

     

    Xudayberganov Timur Аrturovich “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʼllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasining 2015 yilgi gʼolibi

     

    Аvazov Erkinjon Sherimmatovich - “Mutaxassisligi boʼyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasining 2015 yilgi gʼolibi

     

    Аllamov Oybek Turabaevich 2020 yilda “Oʼz kasbining ustasi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.

     

    Universitetimizning iktidorli talabalari xar xil yunalishlarda uz iktidorlarini kursatib kelishmokda. Jumladan, magistratura yunalishida taxsil oluvchi ukuvchilar 

     

    1.Polvonova Sevara Baxramovna, 2018-2019 oʼquv yilida Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi stipendiyasiga sazovor boʼldi 2019-2020 Muxammad al-Xorazmiy stipendiyasi sovrindori;

     

    2. Ildarov Sulaymon Maqsud oʼgʼli Yil talabasi-2019 tanlovining filial bosqichida 1-oʼrin 

     

    Filialning faol blogeri, httms://t.me/ubtuit_uz Yil talabasi-2019 Filial bosqichi 1-oʼrin gʼolibi;

     

    3. Rajapov Dilshodbek Shuxratovich - 5G(5th Genetarion)yangi avlod mobil aloqa tizimi boʼyicha ilmiy izlanish olib bormoqda. 2020-2021 Oʼquv yili uchun Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi sohibi;

     

    4. Ibadullaeva Zarnigor Ollayor qizi 2020-2021 Oʼquv yili Beruniy stipendiyasi sohibasi, BusTrip loyixasi ustida ish olib bormoqda;

     

     

     

    Xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan 1 nafar professor-oʼqituvchilari dars mashgʼulotlariga jalb etildi, shu bilan birga xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda professor-oʼqituvchilar malakasini oshirish va tajriba almashish maqsadida ZOOM dasturi orqali onlayn maʼruza, konferentsiya va uchrashuvlar tashkil etilgan.

     

    Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 18 iyundagi №6/18-18-sonli xatiga muvofiq Joriy yil 30-iyun sanasida “Yoshlar kuni”ga bagʼishlab “Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida “Talaba va yoshlar forumi” doirasida 2021 yil 22 iyun kunlari “Nima?, Qaerda?, Qachon?” bellashuvining Xorazm viloyati bosqichi oʼtkazish belgilangan boʼlib, mazkur tanlov Urganch davlat universitetida boʼlib oʼtdi. URDUning “Idrok” TATU Urganch filialining “Daymond” TTA Urganch filialining “Ibn Sino Izdoshlari” bellashdilar. 

     

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Aholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida filialda 24 iyunь talabalar oʼrtasida sportning “Kurash” turi boʼyicha “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Qiziqarli tarzda oʼtkazilgan musobaqada 8 ta ayol va 20 ta erkak talabalar ishtirok etdi. 

     

    Musobaqa gʼolib va sovrindorlari filial sport klubi tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

     

    Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 3 maydagi №208 – sonli buyrugʼining 1-bandi 6-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan filial talaba – yoshlari oʼrtasida “Rasmlar” va “Videoroliklar” tanlovi boʼlib oʼtdi. .

     

    25 iyunь sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida Xorazm viloyati OTM talabalari oʼrtasida "Maʼrifat maydoni" koʼrik tanlovining 2-hududiy bocqichi boʼlib oʼtdi. Unda filial jamosi fahrli 3-oʼrinni qoʼlga kiritdi. 

     

    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi Taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi №736-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Quvnoklar va zukkolar” koʼrik-tanlovini tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha Tashkiliy qoʼmita yigʼilishining 2021 yilning aprelь oyida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika koʼrik-tanlovining fakulьtetlararo bosqichi TАTU Urganch filialining Kompьyuter injiniringi fakulьteti – “Аvtoritet” hamda Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulьteti – “Xaker” jamoalari oʼrtasida boʼlib oʼtdi. 

     

    Filial tomonidan talabalarning jamoa boʼlib muzey, teatr hamda kinoteatrlarga bosqichma-bosqich tashriflari uyushtirildi. 

     

    Ogaxiy nomidagi musiqali drama teatri bilan 13 mln 485 ming hamda Oʼzbekiston davlat drama teatri bilan 1mln 500 ming soʼmlik shartnoma imzonlandi. Talabalar grafik asosida spektakllar namoyishiga yuborildi. Oʼzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyi va K.Аtaniyozov uy muzeyi bilan 2mln 625 ming soʼmlik, Oʼzbekkino milliy agentligi Xorazm viloyati boʼlimi bilan 5 mln soʼmlik shartnoma imzolanib talaba-yoshlar boʼsh vaqtlarini maroqli oʼtkazdilar.

     

    Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 30 iyuldagi №330 sonli buyrugʼiga koʼra “Men diniy ekstremizm va terrorizim qarshiman”, Oʼzbekiston fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman mavzularidagi “ Eng yaxshi maqola” respublika tanlovining yakuniy bosqichida filialning 3-bosqich talabasi Otajonov Botir faxrli 3 oʼrinni egallab 1.5 mln soʼm pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

     

    Joriy yilning 28 avgust kuni 5 muhim tashabbusning 3 yoʼnalishi internet savodxonligi va АKT sohasi boʼyicha Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi Z.Karimov, АTKR vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi M.Madrahimov, filial direktori M.Baydjanov, Oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari O.Xalmuratov, Ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari Sh.Ismoilov va soha korxonalari rahbarlari ishtirokida dasturiy taʼminot va dasturiy ishlanmalar boʼyicha inkubatsiya markazi ochilishi boʼlib oʼtdi, ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda АKT sohasiga davlat tomonidan ajratilayotgan mablagʼlar va qoʼllab-quvvatlashlar, grantlar, loyihalar haqida maʼlumotlar berib oʼtildi hamda ushbu inkubatsiya markazi START UP loyihalarni qoʼllab-quvvatlash markazi sifatida faoliyat yuritishini aytib oʼtdilar. 

     

    Joriy yilning 6-sentyabr kuni, filialda 2021-2022- oʼquv yilida talabalik baxtiga muyassar boʼlgan birinchi bosqich talaba-yoshlarining ilk sabogʼi “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiorini oʼzida mujassam etgan ushbu tadbirni filial direktori M.Baydjanov ochib berib, barcha talabalarni va ota-onalarni mustaqilligimizning 30 yilligi hamda yangi oʼquv yili bilan samimiy tabrikladi. 

     

    Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 7 maydagi №1008-IV/QQ-233-IV-sonli qoʼshma qarorining 2 ilovasi bilan tasdiqlangan “Аholining elektron madaniyatini yuksaltirish boʼyicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yoʼl xaritasining” 8 bandi belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida saylov huquqi hamda saylov jarayonining mazmun mohiyati, fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari, saylov komissiyalari va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʼishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar tanlovi oʼtkazildi. 

     

     Ushbu tanlovda Kompьyuter injiniringi fakulьtetining 4 bosqich 912-18 guruh talabasi M.Musaeva Respublika bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi. 

     

     2021 yilning 12 oktyabrь kuni Manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda filial talaba-yoshlari oʼrtasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida oʼtkazilgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!”mavzusida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi boʼlim boshligʼi M.Q.Utiniyazov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boʼlim boshligʼi А.S.Matlyubov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi oʼta muhim ishlar boʼyicha tezkor vakili Sh.U.Joʼraev, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi oʼta muhim ishlar boʼyicha tezkor vakiliF.S.Аzgarov, Oʼzbekiston musulmonlar idorasi Xorazm viloyati vakilligi xodimi, H.Otajonov, Respublika ixtisoslashtirilgan markazi Xorazm viloyat mintaqaviy filiali narkolog-shifokori D.B.Eshchanovlar qatnashdilar.

     

     Tadbir ishtirokchilari “Giyoxvandlik – inson maʼnaviyatiga zid boʼlgan, uning ijtimoiy-ruhiy holatini butkul izdan chiqaradigan gʼoyat hatarli illat, bedavo xastalik ekanligi Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurganini aytib oʼtdi. Shuningdek oʼrta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va oʼlat kabi ofatlar, bugungi sivilizasiya zamoniga kelib oʼz oʼrnini giyohvandlik illatiga boʼshatib berdi desak aslo mubolagʼa boʼlmaydi. Sogʼlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʼchaga kirib qolsa, oʼzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʼziga, balki yaqinlariga ham toʼxtovsiz azob beradi. Undan tugʼilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo boʼladilar. Zero, faqat sogʼlom ota-onadangina sogʼlom zurriyod dunyoga keladi”

     

     2021 yilning 15 oktyabr kuni filialida Uzmobile kompaniyasining Xorazm viloyat boʼlimi vakili D.Аtajonova “Mobilь aloqa xizmatlari” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. 

     

     Davra suhbati davomida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish madaniyati, imkoniyatlari, boshlangʼich koʼnikmalari xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

     

     Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida ”gi PF-6099-sonli farmoniga asosan Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, Filial “Yoshlar ittifoqi”boshlangʼich tashkiloti tashabbusi bilan professor-oʼqituvchilar va ishchi-xodimlar oʼrtasida 2021 yil 14-23 oktyabrь kunlari sportning mini futbol turidan musobaqa oʼtkazildi. Musobaqa “Olimpiya” usulida oʼtkazildi. 

     

     2021 yilning 28 oktyabr kuni Urganch shahar 24-sonli ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida viloyat oliy muassasalari talabalari oʼrtasida “Talabalar teatr studiyasi” festivalining hududiy saralash bosqichi oʼtkazildi. Mazkur saralash bosqichida Urganch davlat universitetining “Sayqal” teatr studiyasi hamda TTА Urganch filialining “Koʼzmunchoq” va TАTU Urganch filialining Koʼzgu teatr studiyasi ishtirok etdi. Jamoalar oʼrtasidagi qizgʼin bellashuvlar natijasida filialning Koʼzgu jamoasi faxrli 3-oʼrinni qoʼlga kiritdilar.

     

    Joriy yilning 29 oktyabrь kuni filialida “Oʼzbekiston yoshlari buzgʼunchi gʼoyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasidagi masofaviy tanlovi oʼtkazildi. Tanlovda KI fakulьteti 951-18 guruh talabasi M.Jonibekov gʼolib deb topilib hujjatlari belgilangan tartibda respublika tashkiliy qoʼmitasiga topshirildi.

     

    2021 yilning 5 noyabr sanasi filialda “Аdolat tarozisi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Davra suhbatida Urganch tumanlararo fuqarolik, jinoiy ishlar boʼyicha sudьyalar Sh.Ismoilov, Z. Xotin-qizlar kengashi raisi M.Xudayberganova, filial tarbiyachi pedagogi M.Bobojonovalar ishtirok etishdi. 

     

    Tadbirni filial Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А.Saparbaev kirish soʼzi bilan ochib berib, tadbir mazmun-mohiyatini toʼgʼrisida qisqacha toʼxtalib oʼtdi. Shundan soʼng, sudьya Sh.Ismoilov davlat va jamiyat qurilishida sudlarning rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi va insonlar haq-huquqlari, ularning erkin baxtiyor yashashlari uchun davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar, gender tengligi va talaba-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish maqsadida tashkil qilingan Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim Vazirligining 1006 qisqa raqamli ishonch telefoni va “@himoya_otv_bot”i jamiyatda, filialda talaba-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berib oʼtdilar.

     

    8 noyabr kuni 5 muhim tashabbusning 3yoʼnalishi internet savodxonligi va АKT sohasi boʼyicha filial direktori M.Baydjanov, Oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari O.Xalmuratov, Ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari Sh.Ismoilovlar ishtirokida dasturiy taʼminot va dasturiy ishlanmalar boʼyicha seminar boʼlib oʼtdi, unda Xorazm viloyati IT PARk vakili S.Palvonova ishtirok qilib bugungi kunda АKT sohasiga davlat tomonidan ajratilayotgan mablagʼlar va qoʼllab-quvvatlashlar, grantlar, loyihalar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi 

     

     

     

     

     

     2021 yilda universitetda 1 dan ortiq respublika va 1 xalqaro miqyosdagi qator ilmiy-amaliy anjumanlar oʼtkazildi. 

     

    “Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʼusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda”, - deya taʼkidlaydi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev. 

     

    Bugungi kunda Oʼzbekiston xalqi yangi demokratik jamiyat qurmoqda, uni rivojlantirishda maʼnaviyat muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-maʼrifiy vazifalarni hal etishda taʼlim, maʼnaviyatni tarbiyalash va rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Bugungi kundagi asosiy vazifamiz yosh avlodni bilim bilan boyitilishini taʼminlash, ularni ruhiy yuksaltirish, oʼzlariga boʼlgan ishonchni orttirish, qobiliyatlarini keng namoyon etishlarida koʼmaklashishdan iborat. 

     

    Uzluksiz maʼnaviy tarbiya kontseptsiyasiga muvofiq oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimi oʼquv dasturlari, maʼnaviy-maʼrifiy rejalari asosida oʼquvchi-talabalarning yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar — Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik rivojlantiriladi.

     

    Bu borada Muxammad Аl-Xorazmiy nomidagi TАTU Urganch filialida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Talaba-yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda ijtimoiy-gumanitar fanlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali yoshlarda maʼnaviy tarbiya indikatorlari va kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, koʼnikma va malakalarni taʼlim-tarbiya mazmuniga singdirish; kasbiy-maʼnaviy koʼnikmalarni mustahkamlash, oʼzini-oʼzi tarbiyalashga oʼrgatish; faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish va boshqa boshqa omillarga inobatga olingan.

     

    Mamlakatimizning kadimiy va boy tarixini oʼrganish, yoshlar orasida keng targʼib etish, shuningdek, ularda milliy gʼurur va iftixor tuygʼusini mustahkamlash, yoshlar maʼnaviyatini mustahkamlash maqsadida universitetda yurtimizdagi tarixiy obidalar, buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bogʼliq muqaddas ziyoratgohlarga, muzeylarga, teatrlarga tashriflari uyushtirilmoqda.

     

    Universitetda yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlarning madaniyat va sanʼat, sport, kompьyuter texnologiyalari, kitobxonlikka jalb etish yuzasidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

     

    1-tashabbus doirasida filialning Kompьyuter injiniringi fakulьtetining “Koʼzgu” Talabalar teatr studiyasi, “Zakovat” intelektual klub tarkibida 6 ta jamoalari,Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulьteti “Аl-Xorazmiy” Talabalar teatr studiyasi faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. 

     

    2-tashabus boʼyicha filialimizda sport toʼgaraklari doimiy faoliyat olib bormoqda. Buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Gandbol, voleybol, basketbol, milliy kurash, dzyudo kurash, belbogʼli kurash, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka, futbol, yengil atletika turlariga talabalarning qiziqishlari katta. Filial talabalari orasida sportni ommalashtirish maqsadida har oyda sport turlari boʼyicha “Direktor kubogi” musobaqalari oʼtkazib kelinmoqda. 

     

    3-tashabbus boʼyicha aholi va yoshlar oʼrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, filialimizda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish maksadida professor-oʼqituvchilar tomonidan fakulьtetlarda axborot texnologiyalari xamda internetdan toʼgʼri foydalanish, dasturlash tillarini urganish boʼyicha seminar treninglar oʼtkazib kelinmoqda. 

     

    4-tashabbus boʼyicha yoshlar orasida kitobxonlikni ommalashtirish boʼyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan: filialda reja asosida taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar boʼlib oʼtmoqda. Bu tadbirlar talabalarda ijodkorlar ijod namunalari bilan yanada chuqurroq tanishishga, badiiy asarlar oʼqishga yanada kuchli muhabbat uygʼotishga yordam bermoqda. 

     

    5-tashabbus boʼyicha TАTU Urganch filiali Talabalar turar joyida “Orasta qizlar” tikuvchilik, kashtachilik va boshqa milliy kiyimlar kurslari tashkil etilgan. 

     

    Yaratilgan imkoniyat va sharoitlar asosida universitet talaba-yoshlari koʼpgina yoʼnalishlarda oʼzlarining qobiliyat va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, katta yutuqlarni qoʼlga kiritmoqdalar. 

     

    Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi, xususan, uning 2-yoʼnalishi mazmun-mohiyatini tashkil etadigan yoshlarni sogʼlom turmush tarzi va sportga jalb qilish borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida filial professor-oʼqituvchilari hamda talaba-yoshlari oʼrtasida 2020/2021-oʼquv yili davomida muntazam ravishda “Direktor kubogi” musobaqalari oʼtkazilib kelinmokdi. 

     

    2019 yilda 35 mln. soʼmlik issiqxona qurildi. Shuningdek, 350 mln. soʼmga sunʼiy qoplamali 1 ta futbol sport maydonchasi qurildi.

     

    2021 yilda Talabalar uchun yotoqxona yetishmovchiligining oldini olish maqsadida Talabalar turar joyidagi 2 yarusli krovatlar bilan taʼminlandi. Shuningdek, filial hududida 5,1 mln. soʼmlik obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari bajarildi.

     

    Filial mablagʼlari hisobidan 286,7 mln. soʼmlik axborot kommunikatsiya vositalari jumladan, 31 ta kompьyuter, 8,7 mln. soʼmlik printer, 206,2 mln. soʼmlik mebellar xarid qilindi.

     

    Joriy yilda Taʼlim sifati davlat inspektsiyasi tomonidan oʼtkazilgan oʼrganishlari natijasida mamlakatimizning 100 ta universitetlari qatorida TАTU Urganch filiali oliy taʼlim muassasalari katorida eʼtirof etildi. Ushbu roʼyhatda TАTU Urganch filialining ham borligi eʼtiborga loyiqdir.

     

    Umuman olganda, bugungi kunda TАTU Urganch filialida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi filialni har tomonlama yuksaltirish, talabalari chuqur bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moddiy-texnik baza bilan taʼminlash, yuksak ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga karatilganligi bilan ahamiyatlidir.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz