UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Yana bir talabamiz Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiya sohibasi


#Urganch_filiali

#Stipendiya

#Tabrik

TABRIKLAYMIZ!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Kompyuter injiniring fakulteti Kompyuter injiniring AT-Servis yo'nalishi 4-bosqich talabasi Babajanova Mexribonjon Ulugʻbek qizi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiya sohibasi bo'ldi!

Iqtidorli talaba Babajanova Mexribonjonni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz va uning ota-onasi hamda ilmiy rahbariga  o'z minnatdorchilikimizni bildiramiz.

Babajanova Mexribonjon bilimga chanqoqligi, tashabbuskorligi, fakultet ustozlariga va kursdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda bo'lishi, o'qish bilan birga o'z ustida doimiy ishlashi, mustaqil fikrlashi, barkamollik sari intilishi bilan filial talabalariga o'rnak bo'lib kelmoqda.

Yutuqlar bardavom bo'laversin!

Ilmiy rahbar: Masharipov Sanʼat