UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Xotin-qizlarga psixologik trening o'tkazildi.


 

 "Hayot boshqaruvi" — Xorazm viloyati  nodavlat notijorat tashkiloti rahbari, psixolog Maqsuda Xudayberganova bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida  "Stressiz hayot" mavzusida psixologik-trening o'tkazildi. Unda 20 nafardan ziyod xotin-qizlar qatnashdilar.

Treningdan ko'zlangan asosiy maqsad - ayollarga  psixologik yordam ko'rsatish bo'lib,  natijada ulardagi ruhiy zo‘riqish holatlarini bartaraf qilishga erishildi. Trening davomida xotin-qizlarga ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutish yuzasidan psixologik tavsiyalar berildi. 

O'ziga bo'lgan ishonchni oshirish uchun meditatsiya mashqlaridan foydalanildi, trening yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz