UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Xorazm yoshlari, imkoniyatingizni boy bermang!


Agar sizda startap g‘oyasi bo'lsa, ammo nimadan boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, unda bu yangilik siz uchun ?

✅ IT Park, TATU Urganch filiali bilan birgalikda, startap g‘oyasi bo‘lgan barcha istaganlar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini ishga tushiradi.

? Dastur mutlaqo bepul va 2 oy davom etadi, shu vaqt ichida siz o‘z g‘oyangizni rivojlantirish va uni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

▫️ mentor yordami;

▫️ tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;

▫️ tanlovlar:

▫️ potensial investorlar uchun taqdimotga tayyorgarlik.

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishning boshlanish sanasi: 15-sentyabr

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanish sanasi: 28-sentyabr

➡️ Inkubatsiya dasturiga ro‘yxatdan o‘tish: https://incubation.ubtuit.uz/ru/startup

? Hoziroq ariza topshiring va imkoniyatni boy bermang!

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz