UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!


       Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O`zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan "Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!" degan ezgu g`oyani o`zida mujassam etgan mavzusida tadbir o`tkazildi.Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo`limi boshlig`i A.Saparbaev kirish so`zi bilan ochib, O`zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan filialda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbir tashkil etilayotganini aytib so`zni O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbaevga berdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbaev o`z ma'ruzasida, til - millat ko`zgusi, taqdiri, manfaati, davlatchilik ramzi ekani, uni himoya qilish, asrab-avaylash, tarq`ibu tashviq etish, sayqallashtirish, barqarorlashtirish shu mamlakat har bir fuqarosi, shu millat vakillarining insoniy vazifasi, ma'naviy burchi ekani to`g`risida ma'lumot berdi.Shundan so`ng Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi xodimi N.Akbarov so`zga chiqib, bugungi kunda dunyoda olti mingga yaqin til va sheva mavjudligi, hozirgacha esa ularning besh yuztasi o`rganilgani, har uch tildan bittasi o`z yozuviga ega bo`lmay, faqat og`zaki nutq sifatida yashab kelayotgani, dunyo tillarining faqat qirqtasi og`zaki va yozma jihatdan shakllanib bo`lgani, ular orasida o`zbek tili ham borligi ana shu raqamlarning o`ziyoq faxrlanishga imkon berishi, tilimizning naqadar muhim ma'naviy boy ekanini takidlab o`tdi.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz