UNIVERSITET YANGILIKLARI

Filial talabalarini raqamli texnologiyalar sohasiga qiziqtirish hamda kelgusida ularning bandligini ta'minlash maqsadida Ucell-Urgench hududiy bo'linmasi mas'ul hodimlari Z.Komilov va J.Aminboyev shuningdek, UMS MChJ Urganch shahar hizmat ko'rsatish markazi mas'ul hodimlari I.Matkarimov va X.Madrahimovlar bilan seminar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda talabalar mobil kompaniyalar ish faoliyati va yutuqlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Kompaniyalarga ishga kirish istagida bo'lgan talabalarga tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalarning malaka amaliyotlarini kompaniyalarda tashkil qilish bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislarlar tomonidan batafsil javob olishdi.