
TATU Urganch filialida 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 2023-yil 15-noyabr kuni filial professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlari bilan Xorazm viloyat Ma’muriy sudi sudyalari ishtirokida “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Xorazm viloyat ma’muriy sudi sudyalari U.Xasanov, X.Xojaev, T.Ibragimov hamda D.Yusupovlar qatnashdilar va ishtirokchilarga sud huquq tizimidagi o‘zgarishlar, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, shuningdek korrupsion harakatlar va ularning salbiy oqibatlari, javobgarlik masalalarini tushuntirib berdilar.
Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tdi va unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.