UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan yigʻilish


2022-yilning 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyati hududiy Kengashining “Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan yigʻilishi oʻtkazildi. 

            Yigilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyati hududiy Kengashi kotibi A.Radjabov, Xorazm viloyati jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi B.Polvonov, viloyat Adliya boshkarmasi  boʻlim boshligʻi R.Ibragimov, viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi   N.Roʻziboyev, viloyat IIB xodimlari J.Ibragimov va R.Kamolovlar ishtirok etdilar. Yigʻilishda TATU Urganch filialining professor-oʻqituvchilari va xodimlariga  Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga doir qabul qilingan farmon va qarorlarning joylardagi ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar, shu jumladan Oliy taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar to'gʻrisidagi maʼlumotlar yetkazildi. 

       Shuningdek, Korrupsiya toʻgʻrisidagi qonun va unda koʻrsatib oʻtilgan korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar toʻqnashuvi ,   Oliy taʼlim muassasalariga qabul hamda yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarida korrupsiyaga yo'l qoʻymaslik, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olish boʻyicha  tushuntirishlar berildi. 

      Yigʻilish jonli muloqat tarzida oʻtdi va unda  qatnashgan professor-oʻqituvchilar, hodimlar korrupsiya holatlarini oldini olish, unga qarshi kurashish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda  oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🔗 TATU Urganch filiali matbuot xizmati

\