UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Oliy taʼlim muassasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ishlar tahlili" mavzusida matbuot anjumani


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “Oliy taʼlim muassasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ishlar tahlili" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanni TATU Urganch filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Matyakubov ochib berdilar va filialimizda ilmiy-tadqiqot faoliyati bo’yicha qilinayotgan ishlar bo’yicha qisqacha ma’lumot berib o’tdilar. Tadbirda  filial Ilmiy-ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi boshlig’i Mengliyev Davlatyor, filial Iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi boshlig’i Sayidova Gulnora, filial xodimlari, iqtidorli talabalar va OAV  vakillari ishtirok qildilar.

Anjumanda filialning Xalqaro dasturlari, xo’jalik shartnomalari,  Xalqaro reytinglar bilan ishlashi, Iqtidorli talabalar faoliyati, Ilmiy konferensiyalar va xalqaro jurnallarda chop etilgan maqolalar, Innovatsion anjumanlar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Tadbir so’ngida qatnashuvchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz